Andijon viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov 9 iyun kuni viloyat hokimligida ötkazgan yiğiliş audiofayli Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan audioyozuvda viloyat hokimi bir qança mansabdorlarni oçiqçasiga haqorat qilganini köriş mumkin.

Viloyat hokimi 9 iyun, yakşanba kuni tonggi soat 6da selektor ötkazayotganini peş qilib, ğalla örimi masalalariga töxtalib, Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev manziliga tanqid yoğdiradi.

«Şahardagi Rahmatullayev degan ş***l, i***sni kasal qilib öldiraman! 20 yilga qamayman. Ötgan yili «Nodirabegim» parkiga prezidentimizdan sörab pul olganman. Keça razbor qilyapman, pul ham yöq, quruvçi ham yöq. Yeb, yutib, Turkiyaga qoçib ketgan, i***s. Hozir biz tutdirib obkeldik buyoqqa.

48ta maşinani axlat [taşiş] uçun deb oberganmiz, 16tasini işlatişyapti, qolganini şağal taşişga çiqarib yuboribdi, i***s. Axlat esa töplanib ketyapti. Usmonov degan general hokimligida (sobiq militsiya generali Ahmadjon Usmonov 2006-2013 yillarda Andijon viloyati hokimi bölgan – tahr.) men qişloq xöjaligi böyiça örinbosar edim. 15 kunda bir marta qişloq xöjaligi texnikalarini obkelib şahar içidan axlatlarni taşitardim. Bu ** sekin-sekin şunga obkelmoqçi bölyapti-da! Jonini suğurib olaman i***slarni. Şahardan kim qatnaşayotgan bölsa keçasi bilan ötqazib qöydim hammasini, qamab. Ötirasan i***s, dedim. Mahalla komitet oldiga bitta maşina, bitta şofyor, bitta axlatçi — ikkita bolani mahallaga boğlab qöyasan, i***s, qani bir qadam siljib körsin, onangni Uçqörğondan körsataman!

Qaysidir tumanlarda elektr energiyasidan muammo yöq. Ertaga qiş keladi yana. Tadbirkor böl, deyapmiz. Tadbirkor böliş uçun birinçi nima kerak? Yer kerak, bino kerak, elektr kerak, suv kerak, yöl kerak. Qişda 50 foiz svet bölmaydi desak qiladimi u? Qilmaydi-da. Mana turibdi, mutaxassis noinsoflar, i***s. Kallasi işlamaydi.

Keça vaziri kelib, menga aytyapti u ham. «Şuhrat aka, hisob-kitobini bersangiz, sizga qança elektr energiyasi kerak?». Menda ham bor sizlarda bor kalla. Elektrning vaziri men qayoqdan bilaman, deb menga savol beryapti. T***ymi u? Iloji yöq, hamma elektrosetni töplab, tadbirkorlarning röyxatini qilişni buyurdim. Qişda qança elektr energiyasi kerak bölişini hisoblatdim. Yangi paydo bölayotgan tadbirkorlik sub'yektiga qança kerak bölişi. Uçinçidan, işlamay turgan 2135ta XBKga öxşagan obektlar öşa paytlar qança quvvat iste'mol qilganini hisobla — çiqadi. Şunga aqli yetmayapti bu farosati yöqlarning. Yo aqli yetmayapti, yo atay qilyapti», degan hokim.

Şuhrat Abdurahmonov Namangan viloyatiga kelib çiqişiga köra özbekistonlik bölgan milliarder Alişer Usmonov katta mablağ ajratgani, Andijonda esa bunday pullarsiz katta işlar qilinayotgani haqida gapirgan.