Kongo Demokratik Respublikasi janubidagi Lualaba viloyatida şaxta öpirilişi oqibatida 43 nafar noqonuniy konçi halok böldi. Bu haqda Actualite portali xabar berdi. 

Viloyat gubernatori Rişar Muyyej Manges Mansaning ta'kidlaşiça, şaxtada işlar taqiqlanganiga qaramay noqonuniy konçilar tomonidan iş olib borilgan. 

Gubernator navbatdagi marta şaxtada noqonuniy iş olib borişni töxtatişga çaqirgan. 

Öpirilgan şaxta Kamoto Copper Company (KCC) kompaniyasiga tegişli bölgan. Kompaniya Lualabada mis va kobalt qazib oliş bilan şuğullanadi. 2018 yil noyabrda kompaniya Kongodagi loyihasi doirasida uran aniqlangandan keyin kobalt eksportini va sotişni vaqtinçalik töxtatgan.