Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilişini yanada tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi.
Hujjatga muvofiq, 2019 yil 1 avgustdan boşlab kalendar yili davomida xizmatlarni realizatsiya qilişdan olgan tuşumi 100 million sömdan oşgan, biroq bir milliard sömdan köp bölmagan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositaçilik xizmatlarini körsatuvçi yakka tartibdagi tadbirkorlar xizmat haqi summasidan 25 foiz stavkada yagona soliq tölovini tölaşga ötadi.
Masalan, barça tuşumi 100 million sömdan ortgan «paynetçilar» körsatilgan xizmat uçun realizatsiya qilingan summaning 2,5 foizi miqdorida haq oladi. Şunga qaramay, ular yakka turdagi tadbirkor sifatida barça tuşumning 4 foizi miqdorida soliq tölaşiga töğri kelayotgandi.
Prezident farmoni bilan uşbu masalaga yeçim taklif etildi: endilikda ta'kidlangan toifadagi tadbirkorlar realizatsiya qilingan summadan (2,5 foizli haq) çorak qismini soliq sifatida tölaydi.
Şuning bilan bir qator masalalar ham hal etildi. Xususan, 4,5 mingga yaqin telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositaçilik xizmatlarini körsatuvçi yakka tartibdagi tadbirkorlar iş örnini barqaror saqlab qoladi. Bundan taşqari, soliq tölovçi tadbirkorlar onlayn pul ötkazmalar orqali xizmat körsatiş, bir vaqtning özida xufiyona iqtisodiyotga qoçmaydi.
Ma'lumot uçun, 2018 yilda telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositaçilik xizmatlarini körsatuvçi yakka tartibdagi tadbirkorlari tomonidan 7 milliard sömga teng summa realizatsiya qilingan.












