Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenko Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan noformal tarzda suhbatlaşdi. Ularning davrasiga keyinroq Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon qöşildi, deb xabar bermoqda TASS.
«Belarus va Rossiya prezidentlari Minskdagi davlat rahbari qarorgohida norasmiy uçraşuvi taşkil etildi. Keyinroq ularga Tojikiston Prezidenti qöşildi», — deb xabar bergan RF Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Suhbat Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev sovğa qilgan supada bölib ötdi.
Peskovning ta'kidlaşiça, davlat rahbarlari uçraşuvdan söng, Minsk şahrida ötişi rejalaştirilgan II Yevropa öyinlari yopiliş marosimida iştirok etiş uçun yöl oladi.
Ma'lumot uçun, Yevropa öyinlari qit'a sportçilari örtasida tört yilda bir marta taşkil etiladigan musobaqa bölib, Yevropa olimpiya qömitasi tomonidan taşkil etiladi. Birinçi Yevropa öyinlari 2015 yili Boku şahrida ötgandi.












