Davlat bojxona qömitasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilişi holatlariga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan bojxona tölovlarini tölaşdan böyin tovlagan holda yurtimizga noqonuniy yöllar bilan tovar-moddiy boyliklarni olib kirişga uriniş holatlariga çek qöyildi.
Xususan, bojxonaçilar tomonidan Farğona viloyati “Qöqon” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga xorijdan mamlakatimizdagi mas'uliyati çeklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan konteynerlar belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazildi. Natijada yuk konteynerlarida hujjatlarda körsatilganidan ortiqça va boşqa nom bilan körsatilgan umumiy qiymati 3 milliard 59 million sömlik 305 913 metr mato borligi aniqlandi.
Uddaburonlar matolarning taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodlarini notöğri körsatib, bojxona tölovlarini çetlab ötişga urinişgan.
Şuningdek, yana bir holatda Yangiyöl taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida xorijdan poytaxtimizdagi mas'uliyati çeklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan yuk konteynerlari tekşirildi. Tekşiruv natijasida konteynerlarda hujjatlarda körsatilganidan ortiqça 771,2 million sömlik matolar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan tekşiruvlar ötkazilmoqda.












