Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga 100 mln yevro ajratadi
“Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” (2-qo‘shimcha moliyalashtirish)” loyihasi doirasida Yevropa investitsiya banki mablag‘larini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Yevropa investitsiya bankining (YeIB) 100 mln yevro miqdoridagi kredit mablag‘lari energiya jihatidan samarali asbob-uskunalarni xarid qilish va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratiladi.
Agar YeIB bilan boshqacha kelishilmagan bo‘lsa, YeIB kreditidan bitta tashkilotga beriladigan kreditning summasi 10 mln dollardan, sanoatning bitta tarmog‘ida sanoat korxonalariga beriladigan kreditlarning miqdori 30 mln dollardan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:33 / 25.04.2026
Smartfonda energiya tejash rejimini qachon yoqish kerak?
11:44 / 23.04.2026
Jahon banki Markaziy Osiyo energiya tizimlarini integratsiya qilishga 1 mlrd dollar ajratadi
10:26 / 27.12.2025