Quyida 2019 yil 1 iyuldan qonunçilikda nimalar özgarişi haqida ma'lumot beramiz.

Özbekistonda 1 iyuldan YPX xodimida videokamera bölişi majburiy qilingan(di). Lekin bu tartib öz muddatida kuçga kirmayapti. IIV YHXBB «Kameralar butunlay bekor qilingani yöqligi, faqat muddatlarini uzaytiriş rejalaştirilayotgani» töğrisida bayonot berdi.

 «Xodimlarni bodi kameralar bilan ta'minlaş yönalişida bir qator işlar amalga oşirildi. Jumladan, bir neça vazirlik va taşkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda bodi-kameralarni işlatiş yuzasidan texnik şartlar, ularni xarid qiliş böyiça tender tanlovlari şartlari işlab çiqildi, e'lon qilindi. Turli savdo taşkilotlariga yuborildi. Ularning takliflari jamlandi.

Maxsus komissiya tomonidan har bir taklif atrofliça va batafsil örganib çiqildi. Örganişlar jarayonida kameralarning narxidan boşlab, yetkazib beriş şartlari va muddatlarigaça körib çiqildi. Navbatdagi vazifa kameralarni turli ob-havo şaroitlarida, turli körinişlarda, har xil xolatlarda, vaziyatlarda işlatib köriş va sinovdan ötkaziş edi. Bu bosqiç ham muvaffaqiyatli yakunlandi.

Bodi-kameralar xarid qilinadigan taşkilot aniq böldi. Endi butun diqqat-eʼtibor ma'lumotlarni saqlaş qurilmalarini xarid qiliş, dasturiy ta'minotni işlab çiqişga qaratildi. Bu oson vazifa emas. Ertaga yöllarda turli kelişmovçiliklar va ziddiyatlar, bahs-munozaralar kelib çiqmasligi aynan mana şu dasturiy ta'minotni töğri va aniq işlaşiga köp jihatdan boğliq. 

Şuni hisobga olgan holda dasturiy ta'minotni işlab çiqiş işlariga yetuk mutaxassislar, kompaniyalar jalb etildi. Hozirgi kungaça bu işlarning deyarli 80 foizi bajarildi. Bodi-kameralarni xarid qiliş yuzasidan tuzilgan şartnomada ularni yetkazib beriş muddati 120 kun qilib belgilangan. Bu ta'minotçining talabi. Öz-özidan ravşanki, bu muddat qaror ijrosini öz vaqtida bajarişga mos kelmaydi.

Şularni hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasiga bodi-kameralarni işga tuşiriş muddatlarini uzaytiriş böyiça taklif berildi. Kameralar butunlay bekor qilingani yöq, faqatgina uning işga tuşiriş muddatlarini uzaytiriş rejalaştirilmoqda. Şuni töğri tuşuniş va qabul qiliş kerak», deyiladi Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati xabarida.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi qaroriga köra, 2019 yilning 1 iyulidan boşlab YPX xodimlari öz xizmat vazifalarini mobil videokameradan foydalangan holda oşkora olib borişi kerak edi. Ya'ni, bodi-kamerasisiz yölda xizmat olib borayotgan YPX xodimi — noqonuniy YPX xodimiga aylanişi kerak edi.

Qayd etiş kerakki, qonun böyiça videokamerasiz YPX xodimiga hujjat körsatmaslik mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 18-bandi 4-xatboşisiga binoan, haydovçilar mobil videokamerasiz xizmatni olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim etmaslik huquqiga ega.

Uşbu tartibni 2020 yil 1 yanvargaça uzaytiriş loyihasi mavjud, ammo hali u şunçaki loyiha xolos, rasmiy hujjat emas. Agar mabodo YPX xodimi Sizga «bu tartib 2020 yil 1 yanvardan kuçga kiradi, hujjatlarni körsatişga majbursiz» desa, Vazirlar Mahkamasining 975-sonli qaroriga heç qanday özgariş kiritilmaganligini, şu sababli YPX xodimining talabi noqonuniy ekanligini tuşuntiring. Kuçda turgan qarorga böysunişga hamma majbur.

Özbekistonda 1 iyuldan sirtqi ta'limga hujjatlar qabuli boşlandi. Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş, talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş töğrisida»gi qaroriga kiritilgan qöşimçalar bilan sirtqi ta'limga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgaça qabul qilinadi.

Sirtqiga hujjat topşiriş uçun iş joyidan tavsiyanoma ham şart emas. Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgaça qabul qilinadi. Abituriyentlardan pasport va diplom talab qilinadi. Kiriş imtihonlari har yili 16 avgustdan 25 avgustgaça bölgan muddatda ötkaziladi. Imtihonlari kamida 3ta fandan muayyan ta'lim yönalişida öqitiş tilida ötkaziladi. Imtihonlar test yoki kasbiy (ijodiy) va yozma imtihon şaklida ötkaziladi. Qaysi OTMda test böladi, qaysi birida ijodiy imtihon böladi, bunisi Davlat qabul komissiyasi tomonidan oldindan tasdiqlanadi.

29 avgustga qadar imtihon natijalari e'lon qilinadi va abituriyentlarni talabalikka tavsiya etiş töğrisida OTM rektorining buyruği çiqariladi.

Eski banknotlar muomaladan çiqarildi. 2019 yil 1 iyuldan boşlab, 50 va 100 sömlik tangalar hamda 50 va 100 sömlik eski namunadagi banknotlar muomaladan qaytarib olindi.

Ularning örniga 2018 yil namunasidagi 50 sömlik,  100 sömlik, 200 sömlik va 500 sömlik tangalar muomalaga çiqariladi.

Eslatib ötamiz, 2018 yil iyulida Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2001-2002, 2004 va 2009 yillarda çiqarilgan eski namunadagi 50 hamda 100 sömlik tangalar 2019 yilning 1 iyuliga qadar heç qanday çeklovlarsiz qabul qilinişi va bankka kelib tuşgan uşbu tangalar qayta muomalaga çiqarilişiga yöl qöyilmasligi ma'lum qilingandi.

«50 sömlik va 100 sömlik banknotlar ham 2019 yilning 1 iyuliga qadar muomalada böladi.

200 sömlik va 500 sömlik banknotlar esa 2020 yil 1 iyulga qadar qabul qilinadi va şundan söng muomaladan çiqariladi.

Eski namunadagi tangalar va banknotlarni yangi namunadagi tangalar muomalaga çiqarilgan kundan boşlab banklar orqali yangi tangalarga almaştirib oliş mumkin. Eski namunadagi 200 va 500 sömlik banknotlarni esa 2019 yil 1 iyuldan boşlab bank kassalarida almaştiriş mumkin», deyilgandi Markaziy bank bayonotida.

2019 yil 1 iyuldan OTM öqituvçilari maoşi oşadi. Oliy ta'lim muassasalarining rahbar xodimlari, professor-öqituvçilar tarkibi hamda budjet mablağlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion işlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oşirişda qatnaşuvçi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining mehnatiga haq tölaş böyiça bazaviy lavozim maoşlari oşirilgan miqdorlarda tölanadi.