2019 yil 1 iyuldan OTM öqituvçilari maoşi oşadi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali eslatma bilan çiqdi.
Oliy ta'lim muassasalarining rahbar xodimlari, professor-öqituvçilar tarkibi hamda budjet mablağlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion işlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oşirişda qatnaşuvçi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining mehnatiga haq tölaş böyiça bazaviy lavozim maoşlari oşirilgan miqdorlarda tölanadi.
Oliy ta'lim muassasalarining professor-öqituvçilar tarkibi mehnatiga haq tölaş böyiça bazaviy lavozim maoşlari
MIQDORLARI

Nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoşlari kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta'lim muassasalarida (markazlar, institutlar, fakultetlarda) tegişli lavozimlar uçun ham qöllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Professor unvoniga ega bölmagan, biroq fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglaştirilgan boşqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bölgan, professor lavozimiga bir muddatga qabul qilingan şaxslarga bazaviy lavozim maoşi quyidagi miqdorda belgilanadi:
2018 yil 1 sentyabrdan boşlab — 3 130 000 söm; 2019 yil 1 yanvardan boşlab — 3 756 000 söm; 2019 yil 1 iyuldan boşlab — 4 695 000 söm.
Oliy ta'lim muassasalarining rahbar xodimlari mehnatiga haq tölaş böyiça bazaviy lavozim maoşlari
MIQDORLARI

Bunda nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoşlari kadrlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş ta'lim muassasalarida (institutlar, fakultetlarda) tegişli lavozimlar uçun ham qöllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Budjet mablağlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion işlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oşirişda qatnaşuvçi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoşlari













