Özbekistonda bugun, 1 iyuldan sirtqi ta'limga hujjatlar qabuli boşlandi. Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş, talabalar öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş töğrisida»gi qaroriga kiritilgan qöşimçalar bilan sirtqi ta'limga hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgaça qabul qilinadi.

Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyevning yozişiça, harbiy tavsiyanoma uçun 5 foizli kvota belgilangan. Sirtqiga topşiriş uçun iş staji şart emas. Xoh maktabni, xoh kollej-litseyni tugatiboq, sirtqi yönalişga hujjat topşiriş mumkin. Köpçilik buni maxsus sirtqi bilan adaştirmoqda.

Sirtqiga hujjat topşiriş uçun iş joyidan tavsiyanoma ham şart emas. Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgaça qabul qilinadi. Abituriyentlardan pasport va diplom talab qilinadi (agar imtiyoz bölsa, uni tasdiqlovçi hujjat). Kiriş imtihonlari har yili 16 avgustdan 25 avgustgaça bölgan muddatda ötkaziladi. Imtihonlari kamida 3 ta fandan muayyan ta'lim yönalişida öqitiş tilida ötkaziladi. Imtihonlar test yoki kasbiy (ijodiy) va yozma imtihon şaklida ötkaziladi. Qaysi OTMda test böladi, qaysi birida ijodiy imtihon böladi, bunisi Davlat qabul komissiyasi tomonidan oldindan tasdiqlanadi.

Test sinovi DTM tomonidan katta pavilonlarda ötkaziladi, kasbiy (ijodiy) va yozma imtihonlar esa OTMning özida böladi. Sirtqi ta'lim şakliga ham barça imtiyozlar ötadi (harbiy tavsiyanoma olganlarga, nogironligi bölganlarga, harbiylarning farzandlariga ajratiladigan alohida kvotalar, çet tili sertifikatlari va h.k.). 

Sirtqi ta'limda ham uçta yönalişni tanlasa böladi, faqat uçala yönaliş ham sirtqi bölişi şart. Kiriş imtihonlari topşiriqlari umumiy örta (11-sinf negizida), örta maxsus, kasb-hunar ta'limi fanlarining öquv dasturlariga muvofiq tuziladi. Sport fanlari böyiça imtihonlar topşiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uçun (jinsi va yoşi böyiça) belgilangan me'yoriy talablarga muvofiq tuziladi (masalan, 18 yoşli abituriyentning normativ talabi bilan 40 yoşli abituriyentga qöyilgan talab farq qiladi).

29 avgustga qadar imtihon natijalari e'lon qilinadi va abituriyentlarni talabalikka tavsiya etiş töğrisida OTM rektorining buyruği çiqariladi.

DTM OTMlarga qabul, öqişni köçiriş, qayta tiklaş borasida özgarişlar haqida ma'lumot berdi