Boliviya hukumati ilgari ma'lum bölmagan virusli kasallik aniqlanganidan söng favqulodda sanitariya-epidemiologiya çoralarini qabul qildi. Ular şuningdek, bu qanday virus ekanligini aniqlaş uçun xalqaro hamjamiyatdan yordam söramoqda. Bu haqda mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Gabriela Montano ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, virus sababli bir kişi vafot etgan, yana ikki bemor intensiv davolaş palatasiga yotqizilgan, uç kişida mazkur kasallik belgilari paydo bölgan.

Montanoning qayd etişiça, bu kasallik grippning yoki denge bezgagining ilgari ma'lum bölmagan şakli bölişi mumkin.

Boliviya hukumati mazkur virusli kasallikni aniqlaşda yordam sörab xalqaro tibbiyot hamjamiyatiga murojaat qilgan.