Ötgan oyda CC seriyasining ilk qaldirğoçi Xiaomi CC9, ekran tirqişiga ega Samsung Galaxy M40, şuningdek, OPPÖdan dunyoda birinçi ekran osti kamerali smartfonlari xaridorlar e'tiboriga havola etildi.
Xiaomi Mi CC9
Xiaomi kompaniyasi CC9 yaratilgani haqida e'lon qildi — kompaniyaning yoş auditoriyaga moslaştirilgan smartfonlar yangi seriyasidagi birinçi model. Uşbu qurilma Mi 9 flagmanini eslatib yuboradi. Uning körinişi metall va şişa qorişmasi asosida jilolanib turadigan qilib yaratilgan.
Smartfonning asosiy öziga xosligi — uning kameralari. Xiaomi Mi CC9'da ular 4ta: 32 Mp selfi-modul va 48, 16 va 12 Mp datçiklarga ega uç kamerali asosiy modul. Uskunaning old panelida barmoq skaneri mavjud bölgan 6,2-dyuymli FHD+ ekran joylaştirilgan. Içki tuzilmasi — Snapdragon 730 protsessori, 8 GB'gaça operativ va 256 GB'gaça içki xotiraga ega böladi.
Texnik tavsif
Displey: 6,2 dyum, 2 340 × 1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 730.
Xotira: 4GB dan 8 GBgaça tezkor, 64dan 256 GB doimiy xotira.
Xiaomi Mi CC9 korpusi rangi, narx va boşqa xususiyatlari haqidagi qöşimça ma'lumotlar CC seriyasining bugun, 2 iyul kuni bölib ötadigan taqdimotida oydinlaşadi.
Samsung Galaxy M40
Samsung taqdim etgan yangi Galaxy M40 smartfoni ekranida kamera tirqişiga flagman xohlagan, ammo unga ortiqça pul sarflaşni istamayotgan qiziquvçilarni öziga jalb qiladi. Galaxy M40 ekrani hajmi 6,3-dyuym va u Full HD+'ni qöllab quvvatlaydigan IPS-displeydir. Uning çap burçagida 16-megapikselli selfi-kameraning yumaloq tirqişi mavjud.
Smartfonni ramkasiz deb atasa ham böladi: ekran uskuna old tomonining 91,8 foizini band qilgan. Bundan taşqari, Screen Sound texnologiyasi yordamida Galaxy M40 displey vibratsiyasi orqali hamsuhbatning ovozini yoqişi mumkin.
Mavzuga oid
Smartfonning içki qismida sakkiz yadroli Snapdragon 675 protsessor, 6 GB operativ xotira va ma'lumotlarni saqlaşga möljallangan 128 GB siğim mavjud, uni fleşkardlar orqali 512 GB'gaça kengaytiriş mumkin. Orqa tomoni — 32, 8 va 5 Mp seziş qobiliyatiga ega 3 asosiy kamera, şuningdek, barmoq izi skaneri. Akkumulyator siğimi 3 500 mA∙s'ni taşkil etadi.
Texnik tavsif
Displey: 6,3 dyum, 2 340 × 1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 675.
Xotira: 4/6 GB tezkor, 64/128 GB doimiy.
Kamera: asosiy — 32 + 8 + 5 Mp, frontal — 16 Mp.
Akkumulyator: 3 500 mA·s
Operatsion tizim: Android 9.0 Pie (One UI).
Hozirça smartfon faqatgina Hindistonda sotuvda. Uning narxi 290 dollarni taşkil etmoqda — ayni vaqtda ekrani kamerali tirqişga ega eng arzon smartfon bölib turibdi.
Doogee S90 Pro
Doogee kompaniyasi S90 Pro borasida anonslarni taqdim etdi — S90 modulidagi smartfonning yanada kuçliroq versiyasi. U telefon-transformerdir, ya'ni qöşimça modullar yordamida uni portativ öyin qurilmasi, ratsiya, pauerbank va hattoki tungi kuzatuv uskunasiga aylantiriş mumkin. Pro-versiya oldingisidan özining kuçliroq protsessori, tez quvvat oliş funksiyasi va 5G moduli bilan farq qiladi. Bundan taşqari, yangi kiritilgan mayda buyruqlar ham mavjud. Tasvirga oliş modullari içki magnitlar yordamida uskunaga mahkamlanadi.
Smartfon 6,18-dyumli Full HD+ displey bilan ta'minlangan. Frontal kamera va ovoz kuçaytirgiç ekranning yuqori qismidagi tirqişga joylaştirilgan. Korpus IP68 standartiga muvofiq suv va havodan himoyalangan. Smartfon qirralari zarbaga çidamli qilib işlangan, yerga tuşganda sinmaydi, deb ta'kidlanadi.
Içki joylaşuv — MediaTek Helio P70 protsessori, 6 GB operativ va 256 GB içki xotira, şuningdek akkumulyator 5 050 mA·s siğimli. Uskuna içki xotira hajmini micro-SD formatidagi karta orqali 256 GB'gaça kengaytiriş imkonini bera oladi. Umuman olganda, smartfon ekstremallar va sayohatçilarni qiziqtira oladi.
Texnik tavsif
Displey: 6,18 dyum, 2 246 × 1 080 piksel.
Protsessor: MediaTek Helio P70.
Xotira: 8 GB tezkor, 256 GB içki.
Kamera: asosiy — 48 + 48 Mp, frontal — 16 Mp.
Akkumulyator: 5 050 mA·s.
Operatsion tizim: Android 9.0 Pie.
Yangilikning narxi va savdolar boşlanişi kuni haqida kompaniya keyinroq xabar qilişi aytilgan.
Blackview BV9700 Pro
Ekstremallar, sportçi va turistlar uçun yana bir smartfon bu safar Blackview kompaniyasi tomonidan taqdim etildi. Uning suv va zarbaga çidamli korpusi MIL-STD-810G harbiy standartlarga muvofiq sertifikatlaştirilgan va gadjetdan juda past va yuqori haroratli şaroitlarda ham birday foydalaniş imkonini beradi.
Uskuna ekrani 5,84-dyumli, FHD+ IPS, 16-megapikselli kamera uçun kesimga ega. Orqa paneli — 16 va 8 Mp seziş qobiliyatiga ega ikkitalik kamera.
Smartfonning içki tuzilişi — MediaTek Helio P70 protsessori, 6 GB operativ xotira va 128 GB içki siğim. Uskuna 4 380 mA·s akkumulyatorga ega, simsiz quvvatlantiriş tizimi mavjud va xotira hajmini fleşkard orqali 256 GB’gaça oşira oladi.
Texnik tavsif
Displey: 5,84 dyum, 2 280 × 1 080 piksel.
Protsessor: MediaTek Helio P70.
Xotira: 6 GB tezkor, 128 GB doimiy.
Kamera: asosiy — 16 + 8 Mp, frontal — 16 Mp.
Akkumulyator: 4 380 mA·s.
Operatsion tizim: Android 9.0 Pie.
Huawei Nova 5 Pro
Huawei kompaniyasi Nova 5 Pröni taqdim etdi — uşbu smartfonda barmoq izi datçiklariga ega içki ekran va tomçi şaklidagi kesimda selfi-kamera mavjud.
Uskunaning OLED-matritsali FHD+ ekrani 6,39 dyum, 32 Mp selfi-kamera uçun kesimga ega. Ekran tebranişlar çastotasini moslaştiriş uçun DC Dimming içki funksiya bilan ta'minlangan.
Nova 5 Pröning orqa panelida 4 modulli kamera örnatilgan: 48 Mp asosiy,16 Mp katta burçakli va makrotasvirlar va kenglik tiniqligini aniqlovçi 2 Mp'li ikki sensor .
Smartfonning«yuragi» bölib Kirin 980 protsessori xizmat qiladi. Bundan taşqari, Nova 5 Pro 8 GB operativ va 128 yoki 256 GB doimiy xotiraga ega böladi.
8 GB operativ va 128 GB doimiy xotiraga ega Huawei Nova 5 Pröning narxi 2 999 yuan (≈ 435 AQŞ dollari). Pro-versiyadan taşqari, smartfon Nova 5 i Nova 5i dizayni öxşaş modifikatsiyalarga ega, ammo ularda içki tuzilma nisbatan biroz kuçsiz.
Ulefone Power 6
Barça zamonaviy smartfonlarning asosiy muammosi — energiya sarfi kattaligidadir. Hozirgi kundagi har qanday gadjetning bir marta quvvat töldirişi örtaça faollikdagi foydalaniş davomida bir kundan ortiq xizmat qilmaydi. Ulefone işlab çiqaruvçilari bu muammoni hal qilişga urinişdi va Power 6'ni taqdim qilişdi — hamyonbop, lekin 6 350 mA·s uzoq muddatli akkumulyator va MediaTek Helio P35 quvvat tejovçi protsessorga ega smartfon. Uskuna töldirilgan bir quvvat bilan 4 kun işlay oladi.
Smartfon boşqa jihatlari bilan hayratga solmaydi. Budjet tipidagi içki tuzilma: katta e'tibor berilmagan protsessor, 4 GB operativ va 64 GB içki siğim. 256 GB’gaça hajmdagi SD-kartani qöllab-quvvatlaydi. Uskuna korpusi yupqa va 6,3-dyumli ekran, yuz skaneri orqali xavfsizlik tizimiga ega 16 Mp selfi-kamera va 16 va 2 Mp sensorli asosiy kameralar. Barmoq izi skaneri datçiklari ham mavjud. Yana bir kiçik afzalligi — smartfon bevosita tölovlar uçun NFC moduli bilan jihozlangan.
Texnik tavsif
Displey: 6,3 dyum, 2 330 × 1 080 piksel.
Protsessor: MediaTek Helio P35.
Xotira: 4 GB tezkor, 64 GB doimiy.
Kamera: asosiy — 16 + 2 Mp, frontal — 16 Mp.
Akkumulyator: 6 350 mA·s.
Operatsion tizim: Android 9.0 Pie.
Ulefone Power 6 narxi 199 AQŞ dollari etib belgilangan.
HTC U19e
HTC kompaniyasining yangi smartfoni 6-dyumli AMOLED heç qanday kesim va tirqişlarsiz 2 160 × 1 080 piksel hajmdagi ekran bilan ta'minlangan, HDR10'ni qöllab-quvvatlaydi va Corning Gorilla Glass himoya şişasiga ega. Smartfon yarimşaffof orqa panel bilan jihozlangan bölib, u orqali içki tuzilmalarni köriş mumkn.
HTC U19e sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 710 çipiga, 6 GB operativ va 128 GB içki xotiraga ega. SD-karta orqali uni yana kengaytiriş mumkin. 20 va 12 Mp'li ikki karra yaqinlaştiruvçi va 4K-tasvirli asosiy kamera joylaştirilgan. Selfi-kamera foydalanuvçi köz qoraçiği va yuzini taniy oladigan ikkilik 24 va 2 Mp modulda.
Bundan taşqari, HTC U19e smartfonida BoomSound Hi-Fi kuçli stereodinamikalari, Bluetooth 5.0 va NFC modullari örnatilgan.
Texnik tavsif
Displey: 6 dyum, 2 160 × 1 080 piksel.
Protsessor: Snapdragon 710.
Xotira: 6 GB operativ, 128 GB doimiy.
Kamera: asosiy — 20 + 12 Mp, frontal — 24 + 2 Mp.
Akkumulyator: 3 930 mA·s.
Operatsion tizim: Android 9.0 Pie (HTC Sense).
Yangi smartfonning bahosi qariyb 490 AQŞ dollariga teng.
LG W30 PRO
LG kompaniyasi W Series deb nomlangan smartfonlar seriyasi anonsini taqdim etdi — batareyka siğimi va tomçi körinişidagi kesimi bilan farq qiladi. Seriyaning katta moduli LG W30 PRO sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 632 protsessori va 6,21-dyumli HD+ displeyi va qöllab-quvvatlaşi bilan e'tiborni tortadi. Stereo Pulse Sound texnologiyasi orqali smartfonning butun yuzasi rezonansli karnay uçun radiator sifatida işlatiladi.
LG W30 PRO orqa panelida 13, 8 va 5 Mp datçikli 3tali asosiy, old tomonda 16 Mp modulli şaklan tomçini eslatuvçi frontal kamera joy olgan. Uskuna 4 GB operativ va 64 GB içki xotiraga va microSD orqali siğimni kengaytiriş xususiyatiga ega. Old panelda barmoq izi skaneri mavjud.
Texnik tavsif
Displey: 6,21 dyum, 1 520 × 720 piksel.
Protsessor: Snapdragon 632.
Xotira: 4 GB tezkor, 64 GB doimiy.
Kamera: asosiy — 13 + 8 + 5 Mp, frontal — 16 Mp.
Akkumulyator: 4 000 mA·s.
Operatsion tizim: Android 9.0 Pie.
LG W30 PRO narxlari borasida hozirça ma'lum qilinmagan.
Ekran osti kamerali OPPO
Va nihoyat buni uddalaşdi. Ekrandagi kamera kesimlari va tirqişlarini yoqtirmaydiganlar uçun OPPO kompaniyasi maxsus smartfon taqdim etdi — endi frontal kamera şundoqqina smartfon ekrani ostida joylaşadi. Bundan keyin filmlar yoki fotosuratlar tomoşasiga heç narsa xalaqit qilmaydi: OPPO displeyni butunlay ramkasiz işlab çiqiş yölini öylab topdi.
Ekranosti frontal kamerasi (USC) displey prototipiga jipslaştirilgan. Uşbu texnologiya bir vaqtning özida ekranda ma'lumotlarni aks ettiriş va kameradan foydalaniş imkonini beradi: suratga oliş, yuzni taniş orqali ekranni qulflaş, video-qönğiroqlar amalga oşiriş. Ekranning selfi-modul örnatilgan qismi displeyning qolgan joylari bilan bir xil işlaydi, biroq kamera işga tuşgan vaqtda yoruğlikni tutiş uçun şaffof holatga keladi.
OPPO prototipining texnik tavsiflari hali noma'lum va kompaniya USC texnologiyali uşbu seriyani qaçon ommaga taqdim qilişi ham söroq ostida qolmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi