Yozning jazirama kunlarida haydovçilar uçun quyoşdan saqlaniş muammoga aylanadi. Quyoşdan saqlanişning yaqinda qonuniylaştirilgan yöli, bu - 18 mln söm evaziga 1 yillik avtomaşina oynasi tusini özgartiriş (qoraytiriş) huquqini sotib oliş. Şu örinda, IIV mutasaddilarining pul tölamay (yoki tölay olmagan) oynasini qoraytirgan maşina egasini potensial jinoyatçiga tenglaştiriş haqidagi fikrlarini ortiqça izohsiz qoldiramiz.
Bugun mavzu boşqa: maşinaning orqa yon oynasiga parda örnatiş mumkinmi?
Amaldagi Yöl harakati qoidalariga binoan, M1 toifadagi (yengil) avtomobillarning orqa oynasiga çiy parda va darparda örnatişga ruxsat berilgan. Ammo orqa yon oynalarga (tuşunarli bölişi uçun qisqa qilib «orqa eşik» deymiz) parda örnatişga-çi, ruxsat yoki taqiq bormi? Yöl patrul xizmati xodimlarining orqa eşikka parda örnatilgani uçun (parda kötarilmasa ham) jarimaga tortişi qançalar asosli?
Jazo belgilanganmi?
Avvalo orqa eşikka parda örnatganlik uçun qanday jazo borligini körib çiqiş kerak. Boisi, har qanday taqiq ham jazo mavjudligini anglatmaydi. Misol uçun, 2011 yilda jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste'mol qilişga yöl qöyilmasligi belgilansa-da, mazkur qilmiş uçun jarima 2015 yil 29 dekabrda joriy qilindi. Bu esa amalda 4 yil davomida javobgarliksiz jamoat joylarida tamaki iste'mol qiliş mumkin bölganligini körsatadi.
Xöş, orqa eşikka parda örnatgan haydovçilarni qanday jazo kutib turibdi? Amaliyotda bu kabi holat Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 126-moddasi bilan javobgarlikka asos bölmoqda.
Ammo biz uşbu qarorga qöşilmaymiz! Fikrimizça, orqa eşikka parda örnatganlik uçun qonunçilikda jazo belgilanmagan.
E'tibor bering, MJtK 126-moddasida qayd etilişiça:
«Texnik reglamentga muvofiq bölmagan közgusimon va (yoki) tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi şuningdek haydovçining örnidan tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalaniş, bundan oynalar tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun tegişli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, eng kam iş haqining yigirma beş baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi».
Közgusimon va tusi özgartirilgan oyna, bu – «tonirovka» degani. Pardaga doir çeklovlar «haydovçining örnidantevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatilgan» (rusça variantida «transportnyx sredstv, na kotoryx ustanovleny dopolnitelnyye predmety ili naneseny pokrytiya, ograniçivayuşçiye obzornost s mesta voditelya») degan qismiga tuşadi.
Bu kabi taqiq «Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalaniş şartlari böyiça xavfsizligi töğrisida»gi umumiy texnik reglamentning 73-bandi ikkinçi xatboşisida, şuningdek «Transport vositalaridan foydalanişni taqiqlovçi şartlar»ning 7.3-bandida ham belgilangan.
1-XULOSA:Haydovçining örnidantevarak-atrofni körişni çeklaydigan qöşimça narsalar örnatiş mumkin emas.
Xöş, «haydovçining örnidan tevarak-atrof» deganda qaysi hududlar tuşuniladi? Orqa eşik oynasi ham haydovçining örnidan tevarak-atrof hisoblanadimi?
Afsuski milliy qonunçiligimizda «haydovçining örnidan tevarak-atrof» atamasiga ta'rif berilmagan. Özbekiston Respublikasida amalda bölgan («Özstandart» agentligi imzolagan) GOST 33988-2016 «Avtomobilnyye transportnyye sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texniçeskiye trebovaniya i metody ispytaniy» (Motor vehicles. Visibility from driver's seat. Technical requiremens and test methods) davlatlararo standartning 2.12 bandiga muvofiq, haydovçining joyidan tevarak-atrof körinişi maydonining ustki çegarasi deb, haydovçi közlari va jami maydonining ostki çegarasini taşkil qiladigan, uçta boşqa tekisliklar darajasida ötadigan, gorizontal tekislik orasida joylaşgan, 180 gradus sektorda old körinişning şartli maydoni hisoblanadi.
Bu haqida «Özstandart» agentligining fuqarolarga yöllagan rasmiy javob xatlari ham qölimizda mavjud.
2-XULOSA: Haydovçining joyidan tevarak-atrof deb, haydovçi közlari va jami maydonining ostki çegarasini taşkil qiladigan, 180 gradus sektorda old körinişning şartli maydoni hisoblanadi.
Xöş, orqa eşik oynasi «haydovçining örnidan tevarak-atrof» maydoniga tuşadimi yoki yöqmi? Buni köz oldimizga keltiriş uçun quyidagi suratga e'tiboringizni qarating.
«Haydovçining örnidantevarak-atrof» maydoniga sariq rang bilan böyalgan qism kiradi, xolos. Ya'ni 180 gradus sektorda old köriniş mana şu qism hisoblanadi.
Keyingi suratda esa, haydovçining örnidan köriniş aks etgan.
3-XULOSA:«Haydovçining örnidan tevarak-atrof» maydoniga orqa eşik oynalari kirmaydi!
Şu örinda, haydovçilarimizni çalğitişi mumkin bölgan holatga aniqlik kiritiş lozim.
Yuqorida qayd etilganidek, «Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalaniş şartlari böyiça xavfsizligi töğrisida»gi umumiy texnik reglamentning 74-bandi ikkinçi xatboşisida hamda «Transport vositalaridan foydalanişni taqiqlovçi şartlar»ning 7.4-bandida yengil avtotransport vositalarining orqa oynasiga çiy parda va darparda örnatişga ruxsat etiladi.
Ammo uşbu qoida ruxsat beruvçi mazmundagi norma hisoblanadi, lekin taqiqlovçi qoida emas. Ya'ni yengil avtomobillarning orqa oynalariga parda örnatiş ruxsat berilgani, ammo bu orqa eşik oynalariga parda örnatiş taqiqlanganini anglatmaydi.
Tuşunarli bölişi uçun oddiy bir misol. Aytaylik, biror hujjatda Qirğizistonga vizasiz çiqişga ruxsat beriladi, deb yozilgan bölsa, bu Qozoğistonga vizasiz çiqiş taqiqlanadi, degan ma'noni bildirmaydi.
4-XULOSA: Qonunçilikda orqa eşik oynalariga parda örnatiş uçun taqiq mavjud emas!
Mavjud xulosalarni umumlaştirgan holda aytiş mumkinki, avtomaşinaning orqa eşik oynalariga parda örnatganlik haydovçini MJtKning 126-moddasi bilan javobgarlikka tortişga asos bölmaydi.
Desertiga: ijtimoiy tarmoqlardagi xat
Maqolani tayyorlaş çoğida ijtimoiy tarmoqlarda IIV Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi boşliği Xolmatjon Saydaliyev imzosi bilan hududiy boşqarmalarga çiqarilgan xat tarqab ketdi. Xat mazmunidan ayon bölişiça, transport vositalari yon oynalarini soçiq yoki quyoşni tösuvçi boşqa materiallar bilan vaqtinça yopib qöyilgan holatlar yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilmaslik haqida körsatma berilgan. Uşbu xatning haqiqiyligi haqida qölimizda işonçli dalillar mavjud.
Uşbu xat ham yuqoridagi fikrimizni qisman isbotlab turibdi. Xatda aytilganidek, maşinaning (u xoh uzoq yölga, xoh yaqin yölga yurayotgan bölsin) orqa eşik oynalari soçiq yoki boşqa materiallar bilan tösilgan bölsa, bu harakatga heç qanday xavf keltirib çiqarmaydi va jarimaga ham tortilmaydi.
Mantiqiy xulosa qiliş mumkinki, orqa eşikka örnatiladigan pardalar ham xavf tuğdirmaydi. Çunki odatda orqa eşikdagi pardalar ham vaqtinçalik böladi, ya'ni qaçon kerak payti (jazirama issiqda) kötarib qöyiladi, quyoş yöq paytda tuşirib qöyiladi.
QAT'IY ESLATMA: yuqorida qayd etganlarimiz bizning şaxsiy fikrimiz bölib, rasmiy maqomga ega emas. «Maqolada orqa eşikka parda örnatiş mumkin, deyilibdi», deya özboşimçalik qilib, 5 mln söm jarima tölab ötirmang.
Aslida muammo javobgarlikning yöqligida emas, balki qonun normalarining notöğri talqin etilişida. Şu boisdan, maqola yuzasidan mutasaddilarning tezkor munosabati va asoslantirilgan fikrini kutib qolamiz.