Joriy yilda «Navoiy hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan viloyatda iste'molçilarning elektr energiyasi ta'minotini yaxşilaş maqsadida bir qator çora-tadbirlar rejalaştirilgan bölib, bosqiçma-bosqiç amalga oşirilib kelinmoqda.
Jumladan, 2019 yilda iste'molçilarga 7501,2 mln kVt soat, 2018 yilga nisbatan 38,0 mln kVt soat köproq elektr energiyasi yetkazib berilişi rejalaştirilgan.



«Past kuçlanişli tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qiliş» dasturi doirasida joriy yil yakuniga qadar 466,0 km uzunlikda elektr uzatiş tarmoqlari va 70 dona transformator punktlarini yangidan quriş va rekonstruksiya işlarini bajariş va uşbu quriliş montaj işlari uçun 31,4 mlrd söm mablağ sarflanişi rejalaştirilgan.
Bugungi kunga qadar 116,2 km elektr uzatiş tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qiliş işlari bajarildi va 32 dona transformator punktlari yangidan qurildi.



Navoiy viloyatida «Obod qişloq» va «Obod mahalla» davlat dasturlari doirasida 208,6 km uzunlikdagi elektr uzatiş tarmoqlari va 55 ta transformator punktlarida yangi quriliş va rekonstruksiya qiliş işlari belgilangan. Şuningdek, 171,3 km elektr tarmoqlari va 108 ta transformator punkti mukammal ta'mirlaş işlarini bajarilişi uçun jami 15,7 mlrd.söm mablağ sarflanişi rejalaştirilgan. Bugungi kunga qadar 64,5 km elektr uzatiş tarmoqlarida modernizatsiya va rekonstruksiya işlari bajarildi. 44 ta transformator punkti modernizatsiya qilindi. Bundan taşqari, 74,5 km elektr uzatiş tarmoqlarida va 131 dona transformator punktlarida mukammal ta'mirlaş işlari bajarildi.
Iste'molçilarning elektr energiya ta'minotini yanada yaxşilaş uçun 1128,2 km uzunlikdagi 0,4-110 kVli elektr uzatiş tarmoqlari va 292 dona transformator punktlari hamda 5 dona 35-110 kVli podstansiyalarda mukammal ta'mirlaş işlari uçun 2130,0 mln.söm mablağ sarflanişi rejalaştirilgan. Amalda 679 km elektr uzatiş tarmoqlari va 193 dona transformator punktlari, 2 ta podstansiyada mukammal ta'mirlaş işlari amalga oşirildi.



Qişloq joylarida arzonlaştirilgan namunaviy uy-joylar, köp qavatli arzon uy-joylar, xizmat uylari, xarbiylar uçun va profilaktika inspektorlariga qurilgan uy-joylarining (2018 yil 18-yanvar PQ-3480-sonli qarori) taşqi elektr ta'minoti uçun jami 7,5 km elektr uzatiş tarmoqlari va 12 dona transformator punktlari yangidan quriş va 1,3 mlrd.söm mablağ sarflaş rejalaştirilgan.
Navoiy şahridagi aholini hamda kiçik sanoat zonasi va erkin iqtisodiy zonasida yangi taşkil etilayotgan korxonalarni yetarli miqdorda, elektr energiyasi bilan ta'minlaş maqsadida 110/6 kVli “BSI” podstansiyasidagi quvvati 16 000 kVA bölgan kuç transformatorlarini quvvati 25 000 kVA bölgan transformatorlarga almaştiriladi hamda mavjud 6 kVli tarqatiş qurilmalarini rekonstruksiya qiliş uçun 14,0 mlrd.söm mablağ sarflanişi rejalaştirilgan. Bugungi kunda 1 dona kuç transformatori 25 000 kVA quvvatlisiga almaştirildi. Uşbu işlar uçun 6,0 mlrd.söm mablağ sarflandi.



Bundan taşqari Navbahor tumani xududida joylaşgan 110/35/10 kVli “Yangi Qörğon” podstansiyasida 16000 kVAli kuç transformatorini yuqori quvvatlisiga almaştiriş uçun 6,0 mlrd.söm mablağ sarflanişi rejalaştirilgan.
Buning natijasida, Navbahor, Konimex, Karmana tumanlari va Navoiy şahridagi aholi hamda ijtimoiy soha obektlari işonçli va mustahkam elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.
Amalga oşirilgan işlar natijasi 146 ta mahallalardagi 39 152 dan ortiq aholi xonadonlari şu bilan birga tadbirkorlik sub'yektlarining hamda ijtimoiy soha obektlarining elektr energiyasi ta'minoti yanada mustahkamlanadi.
Bardoşbek SAMAD öğli tayyorladi.










