Kuni keça ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida 9 yoşli bolaning quturiş belgilari bilan boğliq turli xabarlar tarqaldi. Uşbu xabar yuzasidan Respublika davlat sanitariya epidemiologiya markazi epidemiologik suriştiruv işlarini olib bordi.

Ma'lum bölişiça, şu yilning 4 iyun kuni Samarqand tuman, “Ravanak” mahallasida istiqomat qiluvçi 2010 yilda tuğilgan K.M.ni hududda noma'lum oq rangli kiçkina it uyi oldida öng qöl bilak sohasini yuzaki tirnab, tan jarohati yetkazgan. Holatdan xabar topgan bemorning onasi unga zudlik bilan mahalliy usulda xöjalik kir sovuni bilan jarohat joyini yuvib, tibbiyot etil spirti yordamida birinçi tibbiy yordam körsatgan. Ammo uning ota-onalari jarohatga loqaydlik bilan qarab, profilaktika maqsadida tez tibbiy yordamga yoki hududga yaqin bölgan davolaş muassasasiga murojaat etmagan.

Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, natijada oradan qariyb 23 kun ötib bolada tana haroratining kötarilişi, bir neça marotaba qayt qiliş, suv içganda yutina olmaslik,  tez-tez sovuq qotiş hamda kuçli diareya belgilari kuzatila boşlangan. Ertasi kuni uşbu alomatlar yanada zörayib, bemor ahvoli oğirlaşib qolgan. 29 iyun kuni Samarqand tuman markaziy poliklinikasi infeksionisti tomonidan tekşirilganda, unda quturiş belgilari aniqlanadi va u şu zahotiyoq tez tibbiy yordam maşinasida viloyat yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasiga yuboriladi. 

U yerda bolaga şifoxona maslahat guruhi (boş şifokor, boş şifokor örinbosari, qabul bölimi mudiri, radiolog, epidemiolog) tomonidan noma'lum itdan jarohat olganligi sabab quturiş kasalligi belgilari bilan “A 82.0 ga gumon”  taşxisi qöyilgan. 

Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasining bir guruh malakali mutaxassislari tomonidan bemor uçun barça zarur davo çoralari qöllanilgan. Ammo şifokorlarimizning şunça urinişlariga qaramay, jarohatga loqaydlik bilan munosabatda bölinganligi va oğir darajaga kelib qolganligi sabab bemor hayoti saqlab qolinmadi. 

Ayni paytda M.K.ning patologoanotomik organlaridan namuna olinib, ixtisoslaşgan laboratoriyada tekşiruvlar ötkazilmoqda.  

Hozirda viloyat Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan hududda epidemiologik va epizootologik tadbirlarni taşkil etiş maqsadida viloyat vetenariya boşqarmasi bilan işçi guruhi tuzilib, “Ravanak” mahallasi aholisi nazoratga olindi va zarur tadbirlar belgilandi. Natijada, hudud aholisi va hayvonlar örtasida kasallik belgilari aniqlanmadi.