Kun.uz saytida 2018 yil 29 dekabrda «Navbahor tumanidagi noqonuniy qurilişlar. Muammo yeçim topişi nimaga boğliq?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.

Uşbu maqola Navbahor tumanidagi «Qalqon ota» mahallasida istiqomat qiluvçi G.Turdiyevaning tahririyatga yöllagan murojaati asosida tayyorlangan edi.

«Biz yaşaydigan Mustaqillik köçasida ayrim xonadon egalari tomonidan amalga oşirilgan noqonuniy qurilişlar tufayli yöllar tor holatga kelib qolgan. Yoğingarçilik kunlarda loy va tor yölda harakatlaniş qiyinlaşadi. Bu köçaga texnika vositalari kirişiga ham imkon yöq. Bu köplab noqulayliklar tuğdiradi. Uşbu holat yuzasidan neça yillardan buyon tegişli taşkilotlarga murojaat qildik. Tuman mutasaddilari kelib vaziyatni bir neça marta örganişdi. Holatni tasdiqlab, çora körişga va'da berib ketişadi. Ammo muammo 7 yildan buyon ijobiy yeçim topmayapti», – deyilgan edi murojaatda.

Uşbu murojaat joyida örganilganda haqiqatan ham holati tasvirlangan köça ayrim xonadon egalari tomonidan noqonuniy qurilgan devorlar natijasida tor holatga kelib qolgani, ba'zi devorlar nurab, xunuk manzara hosil qilgani ma'lum bölgan edi.

Şuningdek, G.Turdiyeva xonadoni yonidan qad kötargan devor avval mavjud bölgan ariq ustiga qurilgani, şu orqali qöşni xonadonlar egalari tomonidan yölning bir qismi egallab olingani aniqlangandi.

Örganişimiz davomida murojaatçi uyning kadastr hujjatlari va çizmalarini bizga taqdim etgandi. Devorlar çindan ham noqonuniy qurilgan. Tegişli taşkilotlar tomonidan holat yetarliça örganilmagan. Örganilgan bölsa-da, masala öz yeçimini topmagan.