Internetda Samarqand şahrida sodir bölgan noodatiy voqea tasvirlangan video e'lon qilindi. Unda yuziga himoya niqobi taqib olgan şaxs tramvayga çiqqani va bir neça soniyadan söng qaytib çiqqani, uning ortidan tramvaydagi odamlar ham taşqariga otilgani köringan.
Repost.uz'ning yozişiça, noma'lum şaxs yölovçilarning yuziga noma'lum suyuqlik sepgan va buning natijasida bir neça yölovçi huşidan ketgan. Uşbu hodisa Temiryöl vokzali-Sartepa yönalişidagi 1-tramvay Çoy qadoqlaş fabrikasi bekatida töxtab turgan vaqtida sodir bölgan.
Kun.uz bu borada ma'lumot oliş maqsadida Samarqanddagi tegişli idoralar bilan boğlandi, lekin hozirça rasmiy ma'lumot olişning imkoni bölmadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea keng muhokama qilinmoqda.
Feysbukda yozilişiça, bu voqea keça, 4 iyul kuni soat 19:40lar atrofida sodir bölgan.
«Bizga elektroşokerlar, gaz ballonlari va şu kabi qörqinçli narsalarni sotişning keragi yöq», deya yozgan tramvayda bölgan yölovçilardan biri.












