"Vestminster ko‘prigining ostki qismiga kema kelib urilishi oqibatida ko‘prik vaqtincha yopildi. London o‘t o‘chiruvchilari va mahalliy hokimiyat vakillari voqea joyiga yetib keldi. Jabrlanganlar yo‘q. Bu voqea terrorizm bilan bog‘liq emas", - deb yozdi London politsiyasi Twitter sahifasida.
Daily Mirror nashrining xabar berishicha, ko‘prikka bortida turistlar bo‘lgan City Cruisers sayohat kateri kelib urilgan.











