"Eronning oxirgi qadamlari yadroviy kelishuv doirasidan chiqmaydi va kelishuvni buzish hisoblanmaydi", - degan u. 

Shu bilan birga Ruhoniy Eronga qarshi barcha sanksiyalarning bekor qilinishigina Tehronni o‘z qarorlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkinligini aytgan.
Makron bilan suhbatda Eron prezidenti AQShning Eronga o‘tkazayotgan bosimini "terrorizm va iqtisodiy urush" deb atagan.

Avvalroq Eron oliy yetakchisining maslahatchisi Ali Akbar Viloyatiy Eron yevropalik hamkorlar yadroviy kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaganligiga javob sifatida navbatdagi qadamni tashlashi va 7 iyuldan uranni 5%gacha boyitishni boshlashini bildirgandi.