Yevropa transfer bozorida iş qizğin. Top darajadagi himoyaçilar klublarini özgartirdi, Rabo baribir «PSJ»dan ketdi, «Mançester Siti» eng qimmatbaho xaridini amalga oşirdi, Buffon «Yuventus»ga qaytdi, yoş Felişni esa aql bovar qilmas narxda pullaşdi.

Aaron Uan-Bissaka, «Mançester Yunayted»
«Kristal Pelas»ning öng qanot himoyaçisi 49,5 mln funt sterling evaziga (Transfermarkt ma'lumoti) «Mançester Yunayted»ga ötdi. Angliya terma jamoasiga nomzod bölgan 21 yoşli futbolçi yangi klubi bilan keyinroq yana bir yilga uzaytiriş şarti bilan 5 yillik şartnoma imzoladi. Yakunlangan mavsumda Uan-Bissaka APL va Angliyadagi boşqa turnirlarda jami 39 öyinda maydonga tuşib 4ta golga uzatma bergan. Aaron Rahim Sterling va Jon Stouns qatorida angliyalik eng qimmat futbolçilar uçligidan joy oldi. Ole-Gunnar Sulşerning fikriça, bu futbolçi «işga töğri yondaşuvçi, talantli va mentalitet» hisoblanadi va «MYu» uçun mos futbolçidir.

Diyego Godin, «Inter»
Jahonning eng yaxşi markaziy himoyaçilaridan biri «Atletiko»ni «Inter»ga almaştirdi. Godin madridliklar klubi bilan şartnomasi muddati tugagani tufayli milanliklar klubi safiga erkin agent maqomida kelib qöşildi. 33 yoşli urugvaylik futbolçi italyan klubi bilan 3 yillik şartnoma imzoladi. U «Atletiko»dagi yoşi 30dan oşgan futbolçilar bilan bir yildan ortiq muddatga şartnoma tuzmaslik böyiça qoida tufayli klubni tark etdi. Diyego «Inter» bilan muzokaralarni qişdayoq boşlagandi. Yakunlangan mavsumda Godin 39 öyinda maydonga tuşib, tört gol urdi va uç golga uzatma berdi.

Tangay N’Dombele, «Tottenhem»
«Tottenhem» muxlislari bir yarim yil davomida klub rahbariyati transfer amalga oşirişini kutişdi va nihoyat bu röy berdi. Çempionlar ligasi finalçisi bir kun içida ikki futbolçini tarkibga qöşib oldi. 18 yoşli vinger Jyek Klark «Lids»dan sotib olinib (9,9 mln funt sterling) uşbu klubning öziga ijaraga berilgan bölsa, N’Dombele «şporlar» uçun haqiqiy kuçayiş böldi. Bundan taşqari, «Tottenhem» «Lion»ga 60 mln yevro tölab, öz transfer rekordini yangiladi. Bonuslar bilan birga bu summa miqdori 72 mln yevrogaça yetişi mumkin. 22 yoşli yarimhimoyaçi bilan kelişuv 6 yilga tuzilgan. N’Dombele ötgan mavsumda fransuzlar jamoasida barça turnirlar doirasida 49 uçraşuvda maydonga tuşib, uç gol urgan va sakkiz golga pas bergan.

Adriyen Rabo, «Yuventus»
Raboning Parijdagi azoblari yakuniga yetdi. «PSJ»ning asosiy jamoasidan çetlatilgan 24 yoşli yarimhimoyaçi ötgan mavsumning birinçi davrasida 20 öyinda maydonga tuşdi va ikki gol urib, ikki golga uzatma berdi. Adriyen qişda «Barselona»ga ötişga yaqin kelgandi, ammo öziga agentlik qiladigan onasining moliyaviy talablari tufayli Leo Messi bilan bir jamoada öynaş imkoniyatini yöqqa çiqardi. Lekin endi Rabo Kriştianu Ronalduga jamoadoş, u turinliklar klubi bilan 4 yillik şartnoma imzoladi. Erkin agent maqomida Italiyaga yöl olgan fransuz transferga rozilik bergani uçun 10 mln yevro miqdorida bonus oldi, uning yillik maoşi miqdori yiliga 7 mln yevro. Hozirda jamoada undan köp maoşni faqat Ronaldu oladi.

Pablo Sarabia, «PSJ»
Bu vaqtda parijliklar klubi «Sevilya» yarimhimoyaçisi Sarabia sotib olinganini e'lon qildi. Fransiya çempionlari uşbu ispaniyalik futbolçi uçun 18 mln yevro töladi, 27 yoşli bu futbolçi bilan beş yillik şartnoma tuzildi. Pablo mavsumni juda kuçli ötkazgandi: 52 öyinda 23 gol urib, 17 golga uzatma bergan. U hujum çiziğining öng qanotida ham, markazda ham harakatlana oladi. Albatta, Sarabia – pozitsiyasi böyiça Raboga örinbosar emas, ammo «PSJ» transfer bozorida bugungi kundagi  narxlar e'tiborga olinsa, juda muvaffaqiyatli transferni amalga oşirdi.

Joau Feliş, «Atletiko»
Yoş portugaliyalik futbolçi «Benfika»dan  «Atletiko»ga ötdi. Ispanlar bu vunderkind uçun 120 mln yevro tölaşdi. «Mançester Yunayted» va «Yuventus» ham uning transferi uçun şunça pul tölaşga tayyor edi. Felişning xaridi «matrasçilar» tarixidagi eng qimmatbaho xarid böldi. Bu transferdan taniqli agent Jorjye Mendeş 30 foizlik uluşga ega böldi. Beş yillik şartnoma böyiça 19 yoşli forvard Madridda yiliga 6 mln yevro oladi. Joau «Benfika»da ötgan mavsumda 43 öyin ötkazib, 20 gol urgan va 11 golga hammualliflik qilgan.

Mats Hummels, «Borussiya» D
Uşbu tajribali markaziy himoyaçi  «Bavariya»da ötgan uç mavsumdan keyin yana Dortmundning «Borussiya»si safiga qaytdi. «Bavariya» öşanda Hummelsni 35 mln yevroga sotib olgandi, endi myunxenliklar klubi futbolçini 30,5 mln yevro (plyus bonuslar) evaziga qöyib yubordi. «Bavariya» Mats ketgani haqida 19 iyundayoq e'lon qilgandi, «Borussiya» 30 yoşli nemis transferini keçroq tasdiqladi. Dortmunddagi fanatlar Hummelsni juda iliq kutib olişdi. Demak, u endi «Bavariya»dagidan köra yaxşiroq mavsum ötkazişi kerak böladi. Himoyaçi Bundesliganing ötgan mavsumida 33 öyinda iştirok etib, ikki gol urdi va ikki golli uzatmaga mualliflik qildi.

Janluiji Buffon, «Yuventus»
Bir yil muqaddam Buffon közda yoş bilan «Yuventus»ni tark etgandi, ammo endi ma'lum bölmoqdaki, bu butkul xayrlaşiş emas, «körişgunça» bölgan ekan. 41 yoşli darvozabon şu hafta turinliklar klubi safiga qaytdi, tomonlar bir yillik şartnomaga imzo çekişdi. Italiyalik darvozabon «PSJ» bilan şartnomasi tugagaç, erkin agentga aylangandi. Jiji fransuzlar jamoasida jami 25 öyinda darvozani qöriqladi va bu öyinlarda jami 25 gol ötkazib yubordi. Bundan taşqari, «Yuventus» «Sassuolo»dan 21 yoşli markaziy himoyaçi Merix Demiralni 18 mln yevro evaziga xarid qildi.

Rodri, «Mançester Siti»
«Mançester Siti» «Atletiko»dan Rodrini sotib oldi, inglizlar uşbu ispaniyalik tayanç yarimhimoyaçining şartnomasida körsatilgan badal pulini - 70 mln yevroni töliq töladi. Bu klub tarixidagi eng qimmatbaho transferga aylandi. 23 yoşli ispaniyalik «şaharliklar» bilan 5 yillik şartnoma imzoladi. Rodri ötgan mavsumda «matrasçilar» safida 47 öyinda maydonga tuşib, uç gol urgan va bitta golli pasni öz hisobiga yozib qöygan. Aytişlariça, Xosep Gvardola uni yangi Buskets sifatida körmoqda.

Ander Errera, «PSJ»
Ispaniyalik yarimhimoyaçi «PSJ» bilan 5 yillik şartnoma tuzdi. U «Mançester Yunayted» bilan şartnomasi muddati tugaşi munosabati bilan Parijga erkin agent maqomida keldi. Goal.com portali ma'lumotiga köra, 29 yoşli futbolçi mankunianliklar tarkibida qolmoqçi bölgan, ammo klub rahbariyati uning haftalik maoşi miqdorini 350 ming funt sterlingga oşirişga rozi bölmagan. Tomonlar şartnoma böyiça kelişa olmagan mahalda, «PSJ»ning qatarlik bosslari saxiylik qilişgan. Yakunlangan mavsumda Errera «MYu» safida 28 uçraşuvda maydonga tuşib, 3 gol urgan va 3 golga uzatma bergan.