Davlat bojxona qömitasi tomonidan bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi tizimli ravişda kuraş olib borilmoqda.
Jumladan, Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraş boşqarmasi tomonidan “Yangiyöl” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida mas'uliyati çeklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan mato tovarlari közdan keçirildi.
Natijada, yurtimizga olib kelingan uşbu mato tovarlarining taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodlari örniga bojxona tölovlarini çetlab ötiş maqsadida hujjatlarda boşqa mato kodlari qayd etilganligi aniqlandi.
Ayni paytda umumiy qiymati 503,4 million sömlik tovarlar aşyoviy dalil sifatida vaqtinça saqlovga olindi va holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.












