Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat muxolifati bilan muzokaralar jarayoni boşlanganini ma'lum qildi.  

Muzokaralar Barbados orolida bölib ötmoqda, ularda şuningdek Norvegiya hukumati vakillari iştirok etmoqda. 

Tomonlar Venesueladagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy sohalarga tegişli 6 ta masalani muhokama qilişi kutilmoqda.

Maduroning aytişiça, u muzokaralarga katta umid bilan qaramoqda. “Bugun muzokaralar 5 soat davom etdi, qadamma-qadam Venesuela uçun tinçlik, sermahsul muloqot yölini oçişimiz mumkin”, deb aytgan Venesuela prezidenti.

Lotin Amerikasi davlatidagi vaziyat ommaviy noroziliklardan keyin muxolifat yetakçisi Xuan Guaydo özini vaqtinçalik prezident deb e'lon qilgandan söng keskinlaşgandi.