Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Kiritilgan qöşimçalarga muvofiq, şaxsga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravişda yiğiş, tizimlaştiriş, saqlaş, özgartiriş, töldiriş, foydalaniş, beriş, tarqatiş, uzatiş, egasizlantiriş va yöq qiliş:

fuqarolarga eng kam oylik iş haqining 3 baravaridan (608 ming 190 sömdan) 5 baravarigaça (1 mln 13 ming 650 sömgaça);

mansabdor şaxslarga 5 baravaridan (1 mln 13 ming 650 sömdan) 10 baravarigaça (2 mln 27 ming 300 sömgaça) jarima solişga sabab böladi.

Mazkur huquqbuzarlik ma'muriy jazo qöllanilganidan söng sodir etilsa, eng kam oylik iş haqining 50 baravarigaça (10 mln 136 ming 500 sömgaça) jarima yoki 3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari bilan jazolanadi.

Mazkur javobgarlik çoralari 2019 yil 1 oktyabrdan kuçga kiradi.