Britaniyalik jurnalist Joanna Lilis Özbekistonda akkreditatsiya oldi. Bu haqda uning özi 8 iyul kuni Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.

Joanna Lilis The Economist, The Guardian va Eurasianet kabi naşrlar uçun maqolalar yozadi. Sönggi 14 yil davomida u Qozoğistonda yaşab, işlayapti. 2018 yilning noyabrida Joanna Lillis Londonda «Dark Shadows: Inside the Secret World of Kazakhstan» («Zulmatdagi soyalar: Qozoğiston siyosiy sahnasi ortidagi sirlar») kitobini taqdim etdi. 

Ta'kidlab ötiş joizki, Joanna Lilis Özbekistonda akkreditatsiya olgan yagona xorijiy jurnalist emas. Joriy yilning 4 iyun kuni Avazbek Tohirov respublika Taşqi işlar vazirligida Bi-Bi-Si teleradiokompaniyasi muxbiri sifatida akkreditatsiyadan ötkazildi.

Bir yil muqaddam «Amerika Ovozi» özbek tahririyati muxbiri Navbahor Imomova Özbekistonda akkreditatsiya oldi. 2019 yil aprel oyida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi «Fergana» naşrining Toşkentdagi muxbiri Andrey Kudryaşovga xorijiy naşr muxbiri sifatida akkreditatsiya guvohnomasini berdi.