AQŞ prezidenti Donald Tramp Britaniyaning AQŞdagi elçisi Kim Darrokning diplomatik maktublaridagi ma'lumotlar sizib çiqişiga munosabat bildirdi. Darrok öz maktublarida Tramp haqida salbiy fikr bildirgan.

“Men elçini şaxsan tanimayman, biroq AQŞda uni yoqtirişmaydi va u haqda yaxşi fikrdamaslar. Biz u bilan boşqa iş olib bormaymiz”, deb yozgan Tramp.

Şuningdek, Tramp Britaniyaning iste'foga ketayotgan boş vaziri Tereza Meyni ham “şirin” sözlar bilan eslab ötgan. AQŞ prezidenti Britaniya Mey boşçiligida Yevropa Ittifoqidan çiqişga qay holda kelganini tanqid qilgan. 

Tramp Meyga nisbatan öta tanqidiy munosabatda ekanligini va “ajoyib” Britaniyada yaqin orada yangi boş vazir bölişidan xursandligini qöşimça qilgan.

7 iyulda Daily Mail naşri Darrokning Londonga jönatgan xizmat yozişmalarini çop etgan. Britaniya elçisi öz maktublarida Trampni “işonçsiz, nokompetent va qobiliyatsiz” deb atagan. AQŞ prezidenti esa öz navbatida Darrokni “Britaniyaga yaxşi xizmat qilmaslikda” ayblagan.