13 va 14 iyul kunlari sobiq Telman istirohat boği 85 yilligini ötgan yillar ruhidagi maxsus dastur va arxivdagi ajoyib fotosuratlar körgazmasi bilan nişonlaydi.

Central Park (sobiq Telman boği) ma'muriyati boğda noyob taşlandiq arxivning topilgani haqida xabar berdi. Bu esa jamoatçilikka boğning 85 yilligini nişonlaş vaqtida fotogalereya şaklida namoyiş etiladi.

Aziz Pölatov, boğ boşqaruvçisi:

«Bahorda boğ hududida 160 dan ortiq fotosuratlar, gazetalar parçasi, ajoyib maqtov yorliqlari va boğ mukofotlaridan iborat noyob arxiv topilgan edi. Biz bularning barini raqamlaştirib, boğda fotokörgazma ötkazişga qaror qildik. Tasodifni qarangki, boğ bu yili 85 yoşga tölar ekan va biz bu yubileyni keng kölamda bayram sifatida nişonlaşga qaror qildik. Uşbu sanada taşrif buyuruvçilar boğning boy tarixiga nazar soliş va topib olingan bebaho arxivni tomoşa qiliş imkoniga ega bölişadi».

Yubiley munosabati bilan boğ ötgan yillarning unutilmas muhitini qaytadan yaratişga va'da bermoqda. Mehmonlarni maxsus bezaklar, tematik fotozonalar va «Taqdir hazili», «Kavkaz asirasi», «Şurikning sarguzaştlari» filmlari hamda «Nu, pogodi», «Bolakay va Karlson», «Buratino», «Çeburaşka» kabi multfilmlarning barça uçun sevimli bölgan qahramonlari, şuningdek, stilyaga va kvestli şou-dasturlar kutib qoladi.

Boğda mazali kekslar, «kartoşka» şirinligi, çumoli uyasi (muraveynik) kabi qandolat mahsulotlari bilan Safia Catering’dan tematik bufet, şuningdek, barçaga taniş bölgan aravaçalarda kvas va gazlangan suv avtomatlari xizmat qiladi.

Tadbirning boş hamkori – Yangi Darhon TJM bölib, kompaniya istirohat boğida qimmatbaho sovğalar öyini hamda turli tanlovlarni taşkil etadi.  

Tadbir Nice Day Event Group ivent-agentligi tomonidan ötkazilmoqda.

Ötkaziladigan kunlari: 13 va 14 iyul

Dastur vaqti: 20:00 dan 23:00 gaça

Facebook: fb.com/CentralParkTashkent