9 iyulda Ispaniyaning Valensiyasida joylaşgan Yevropadagi eng katta okeanariumda yonğin yuz berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 11lar atrofida taşrif buyuruvçilar akulalar saqlanadigan hududda tutun çiqayotganini payqaşgan. Bir neça daqiqadan keyin bino uzra ulkan qora tutun ustuni kötarilib, uni şaharning turli burçaklaridan köriş mumkin bölgan.
Öz vaqtida yetib kelgan qutqaruvçilar alangani 20 daqiqada öçirişga muvaffaq bölişgan.
Binodan 2 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Odamlar va jonzotlar orasida jabrlanganlar bölmagan. Yonğin sababi va öçoği hozirça noma'lumligiça qolmoqda.
Okeanarium 110 ming kvadrat metr maydonni egallab, unda 500 turdagi 45 ming jonzot saqlanadi. “San'at va fan şahri” deb nomlanuvçi uşbu majmua Ispaniyaning eng maşhur joylaridan biri hisoblanadi.
Fire in Oceanogràfic #Valencia #Spain (Fuego en #oceanografic #Espana 🛑♨️🚨🔥 pic.twitter.com/gQQIMOpoa7
— Teacher From PR 🇺🇸🇵🇷 (@MaestroDEPR) 9 iyulya 2019 g.












