Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi «Qipçoqlar» mahallasida «Qişloq quriliş invest» IK MÇJning buyurtmasi asosida turli loyihalardagi 60ta turar-joy şaxslarga topşirilgan. Uşbu yangi turar-joylarning qurib topşirilganiga 6 oydan oşgan bölişiga qaramay, uylarning köpçiligiga odamlar köçib kelmagan. Bu haqida «Oila davrasida» naşrida çop etilgan maqolada ma'lum qilinmoqda.
Yangi uy-joy berilganlardan birining keltirilgan sözlariga köra, mahalladagi köçalarning birida 18ta xonadon bor. Şulardan faqatgina 3 oila köçib kelib, doimiy ravişda yaşamoqda. Yana bir-ikki oila onda-sonda kelib ketadi. 60ta uyning yarmiga hali heç kim köçib kelmagan. Köçalar çang, hali töla bitkazilmagan. Ikki-uç oy oldin yölçilar kelib, köçalarni betonlaştirişni boşlagan, lekin bir-ikki kun işlab, barçasini taşlab ketişgan.
Bayon qilinişiça, uşbu köçada qurilgan 18ta uyning 10tasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan «Oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bölgan, kam ta'minlangan, farzandlarini töliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy şaroitini yaxşilaşga muhtoj onalarga arzon uy-joylar beriş tartibi töğrisidagi nizom» ga asosan 10 nafar ayolga berilgan.
«Uy-joyga muhtoj deb, boşlanğiç badali Xotin-qizlarni va oilani qöllab-quvvatlaş fondi, talabgor işlayotgan taşkilotlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan tölab berilganiga qaramay, uşbu ön nafar ayolning haligaça köçib ötmagani qiziq. Qurib bitkazilgan uylarga olti oydan ortiq muddatda köçib ötmaganlar çindan ham uy-joyga muhtojmi? Yoki yaşaşga uyim yöq deb qilingan barça ayyuhannoslar fonogramma edimi? Bu masalalarga javobgar taşkilotlar nega monitoring ötkazib turmaydi? Viloyat, tuman hokimlarining sayyor qabullarida uy söragan muhtojlar nega endi köçib ötmayapti? Yoki hududda gazning yöqligi, içimlik suvining ham çeklovlar bilan berilişi bunga sababmi?» ─ deb yozadi maqola muallifi.
Xorazm viloyati Şovot tumani «Oq köl» mahallasidagi 2018 yilda qurilgan 200 kvadrat metrli uylarda ham ahvol şunga öxşaş. Uşbu uylarning birida yaşovçi ikkinçi guruh nogironi Tölğanoy Işçanovaning aytişiça, uylarning sifati yaxşi emasligi, tabiiy gazning yöqligi köpçilikning bu yerlarga köçib kelmasligiga sabab bölyapti.
«Uyimni yangitdan ta'mirlayapman. Ustalar sifatsiz qurib ketişgan. Xonalar nam olib, suvoqlar moğorlab ketgan», ─ deydi uy sohibasi.
Qayd etilişiça, ötgan yili Mustaqillik bayrami arafasida bu hududda işlar «ura-ura» bilan boşlanib, qöl uçida topşirilgan bu hududda bugun deyarli heç kim yöq. Na bolalar maydonçalari, na bir ijtimoiy obektlar qurilgan.
















