Nyu-York hakamlik sudi AQŞ prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi akkauntida foydalanuvçilarni tanqidiy fikrlar uçun bloklay olmasligi haqida qaror çiqardi.
2018 yil mayida Nyu-Yorkning Manxetten tumanidagi federal sud Tramp Twitter’da ba'zi foydalanuvçilarni bloklab, söz erkinligini buzayotganini aytgan va bu foydalanuvçilardan taqiqlovni olişni talab qilgan. Keyinroq AQŞ Adliya vazirligi sudning uşbu qarori ustidan şikoyat qilgan.
“Konstitutsiyaga 1-tuzatma ijtimoiy tarmoqlarda turli rasmiy maqsadlar uçun akkauntga ega mansabdor şaxsga odamlar uşbu mansabdor şaxs qöllab-quvvatlamaydigan qaraşlarni bildirişgani uçun ularni onlay-muloqotdan istisno qilişiga yöl bermaydi”, deyilgan sud qarorida.
Trampga qarşi da'vo arizasi u bloklagan 7 foydalanuvçi tomonidan 2017 yilda topşirilgan.












