Toşkentdan Bekobod şahri tomon ketadigan katta avtomobil trassasi böylab yastangan ğalla dalalarining yoqilişi oqibatida çiqqan aççiq qora tutun şu atrofdagi hali uçirma bölmagan polaponlari bölgan laylak uyalarini ham qamrab oldi. Bu haqida XXI asr gazetasi yozmoqda.
Guvohlarning xabar berişiça, trassa böylab oltita dalani yoqiş holati kuzatilgan. Tutundan şu atrofdagi laylaklar bezovta bölgan, ularning çinqiriği eşitilgan.
Ekologik partiya Markaziy Kengaş Ijroiya qömita raisi örinbosari Islom Xuşvaqtovning bayon etişiça, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismida dala va aholi punktlarida somon poyalari, xazon yoki şox-şabbalarni, ösimliklarning boşqa qoldiqlarini yoqib yuboriş atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirişga olib kelsa, fuqarolarga eng kam iş haqining uç baravaridan beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa beş baravaridan ön baravarigaça miqdorida jarima solinişi belgilangan. Şuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanib, tölanadi.
─ Jarimalar miqdorini oşiriş kerak, çunki jarima oz bölgani uçun fermerlar oldindan jarimani tölab, yoqişda davom etişi holatlari kuzatilmoqda. Bunday nojöya işlar asosan tunda amalga oşiriladi, vaholanki, yerni namlab şudgor qilsa, tabiatga bu darajada katta zarar yetkazilmasdi, ─ deydi Ekologik partiya axborot xizmati rahbari Erkin Omonov.











