Kompyuter xizmatlari körsatuvçi dunyodagi eng yirik kompaniya International Business Machines Corp. (IBM) dasturiy ta'minot işlab çiqaruvçi Red Hat Inc. kompaniyasini 34 mlrd dollarga sotib oldi.  

Bu bitim IBM tarixidagi eng yirigi va tarmoqdagi eng yiriklaridan biri böldi.

Red Hat’ni boş ijroçi direktori Jim Uaytxerst boşqaraveradi, biroq endi u IBM boş ijroçi direktori Jinni Romettiga böysunadi. Red Hat boş qarorgohi avvalgi joyida – Roli şahrida qoladi.

Red Hat xarididan keyin bulutli biznesga IBM’ning çorak tuşumi töğri keladi. Dasturiy ta'minot kompaniyasining fevralda yakunlangan moliyaviy yil natijalari böyiça tuşumi 15 foizga oşib, 3,4 mlrd dollarni taşkil qilgan. Mart-aprel oylarida ham tuşum 15 foizga oşgan. 

IBM kapitallaşuvi oxirgi 12 oy içida 3,9 foizga kamaygan, biroq joriy yil boşidan 22,6 foizga ortib, hozirda 124,6 mlrd dollarni taşkil qilmoqda.