Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi hukumatga «döst bölmagan mamlakatlar»da işlab çiqarilgan dasturiy ta’minot uçun «qöşimça çeklovlar joriy etiş»ni işlab çiqişni topşirdi. 17 iyul, payşanba kuni Kremlning rasmiy Telegram-kanalida e’lon qilingan körsatmalar röyxatiga köra, amaldorlar tegişli takliflarni 2025 yil 1 sentabrgaça taqdim etişi kerak.
Xabar matnida «döst bölmagan davlatlarda» işlab çiqarilgan «aloqa xizmatlari» alohida qayd etilgan. Bunday dasturiy ta’minot haqida batafsil ma’lumot berilmagan, ammo körsatmalar röyxatining özi «2025 yil 26 mayda Rossiya işbilarmon doiralari vakillari bilan bölib ötgan uçraşuv natijalariga köra» tuzilgan.
Putinning körsatmalari röyxatida tilga olingan yiğilişda boşqa rossiyalik tadbirkorlar qatorida Rossiyaning IVA Technologies kompaniyasi boş direktori Stanislav Iodkovskiy ham bor edi. Kompaniya faoliyatining asosiy yönalişlaridan biri video-konferens-aloqa va korporativ aloqa xizmatlarini rivojlantiriş hisoblanadi.
Iodkovskiy Putinga Ukrainaga keng miqyosli bosqin boşlanganidan keyin Rossiyadagi faoliyatini töliq töxtatmagan Ğarb raqobatçilari – «masalan, Zoom va Microsoft» haqida şikoyat qildi. Tadbirkorning sözlariga köra, ular tufayli «Rossiya sanoati milliardlab mablağ yöqotmoqda», jumladan, çet el dasturlari oddiy foydalanuvçilar tomonidan afzal körilgani uçun. Yeçim sifatida Iodkovskiy bunday xizmatlar işini «biroz çeklaş»ni taklif qildi.












