AQŞ Yöllarda xavfsiz harakatni ta’minlaş milliy boşqarmasi (NHsA) avtonom boşqaruv dasturiy ta’minot bilan jihozlangan 2,4 millionta Tesla avtomobilini tekşirişni boşlaydi. Reutersʼning yozişiça, bu bir fuqaroning ölimiga sabab bölgan törtta YTHdan keyin boşlangan.

Ma’lumotlarga köra, quyidagi modellarni tekşiriş boşlanadi: 2016-2024 yillar davomida işlab çiqariglan Tesla S va X, 2017-2024 yillardagi Tesla 3 modeli, şuningdek, 2020-2024 yillarda işlab çiqarilgan Tesla Y hamda Cybertruck elektropikaplari.

Ta’kidlanişiça, NHsA tekşiruvlari natijasi böyiça uşbu transport vositalari çaqirib olinişi mumkin. Tekşiruvlar Tesla avtomobillaridan biri avtonom boşqaruv vaqtida piyodani urib yuborib, uning ölimiga sababçi bölganidan keyin boşlangan.

Iyun oyida esa Tesla xavfsizlik kamarini taqişdagi ogohlantiriş tizimida kuzatilgan nosozlik sabab AQŞda 125 mingdan ziyod avtomobilini çaqirib olişi ma’lum bölgandi. Aprelda esa Tesla 4 mingga yaqin Cybertruck elektromobillarini çaqirib olişi aytilgan edi. Uşbu maşinalarning gaz tepkisi detali almaştirilişi kerak.

Oktyabrda bölsa Tesla AQŞ bozorida standart quvvat zaxirasiga ega Model 3 elektromobillari savdosini töxtatgandi. Yaqin vaqtga qadar elektr sedan kompaniya sayti orqali 38 ming 990 dollardan sotilayotgan edi.