Rossiyadagi muhim axborot infratuzilmasi obektlarining katta qismi (95 foiz) iş faoliyatini nazorat qilişda hali ham çet el dasturiy ta’minotidan foydalanadi, deb yozmoqda Forbes.

Muhim axborot infratuzilma obektlari qatoriga banklar, telekom-kompaniyalar, tibbiyot muassasalari, davlat taşkilotlari kiradi. Tadqiqot davomida «Monk Dijital Lab» mutaxassislari muhim IT-infratuzilma operatorlari vakillari bilan 152 ta intervyu ötkazgan.

Tadqiqot ma’lumotlariga köra, obektlarning taxminan 40 foizi ğarb tijoriy platformalaridan, xususan, IBM Netcool, Splunk, Micro Focus Ops Bridge, Microsoft Scom va boşqalardan foydalanadi. Obektlarning 80 foizga yaqini öz tarmoğining kamida bitta tarmoğida xorijiy open source (oçiq kodli) yeçimni qöllab kelmoqda.

Ekspertlarning ta’kidlaşiça, uşbu dasturlarning Rossiyada yaratilgan muqobillaridan köpinça hisobot uçun yoki test rejimida foydalaniladi (obektlarning 30-40 foizi). Tadqiqot natijalari obektlarning qariyb 55 foizi Rossiya yeçimlarini xarid qilgani, ammo «ulardan doim ham foydalanmasligini» körsatgan. Muhim axborot infratuzilma obektlarning faqat 10-20 foizi töliq Rossiya yeçimi asosida işlaydi.

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlaşiça, muhim infratuzilma obektlarida çet el dasturiy ta’minotlaridan foydalaniş qonunçilik bilan taqiqlangan. Bundan taşqari, ekspertlarning aytişiça, bu xavfsizlik nuqtai nazaridan «jiddiy muammolarni yuzaga keltiradi» va texnologik suverenitetning qöldan boy berilişiga olib keladi — sanksiyalar kuçaytirilsa, ular öçirib qöyilişi mumkin.