Iroq, Liviya, Suriya va Yaman maydonidagi nizolar yuzlab odamlarning ölimiga, millionlab odamlarning yaşaş joylarini özgartirişiga sabab böldi. Oxirgi 20 yil davomida Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikada (MENA) vujudga kelgan holatni baholaş uçun muammoning ideologik va boşqa faktorlarini çuqur örganiş zarur. Bu törtta davlatning iqtisodiy ziddiyatlari tahlili uçun uruş jarayonidagi siyosiy-iqtisodiy holatini hisobga oliş kerak.
Individ va guruhlarning iqtisodiy motivlari Iroq, Suriya, Liviya va Yaman içki mojarolarni tuşunişda asosiy kalit bölib xizmat qiladi, şunga qaramay MENA ta'siri va doirasi inobatga olinişi lozim. Uruş holati yuzaga kelib, rivojlanarkan davlatlarning milliy, mahalliy iqtisodiyoti ham integratsiyaga uçradi va özgarişlarga yuz tutdi.
Iqtisodiy motivatsiyalar ayrim qurolli guruh a'zoligi va xulq-atvorining şakllanişida töldiruvçi yoki alternativ izoh bölişi mumkin. Negaki, ba'zi guruhlar iqtisodiy egalik uçun kuraşsa, ba'zilari jon saqlaş yoki hokimiyat nazoratini xohlaydi. Bu jarayonda oçközlik va özaro gina bir-biri bilan şu qadar çambarças boğlanib ketadiki, ularni farqlaş ham qiyin böladi.
Garçi iqtisodiy vaziyat Iroq, Suriya, Liviya va Yamanda uruş alangasini yoqmagan ölsa-da, oçiq kuraş, mahalliy mojarolar va zöravonlik kabilarning avj olişida hal qiluvçi rol öynagani aniq.
Şunga qaramay, iqtisodiy barqarorlik siyosiy ma'murçilik va despotik hokimiyat boşqaruviga boğliq holda özgarişi sir emas. Iqtisodçi Daron Ajyemöğlining “Mamlakatlar nega tanazzulga yuz tutadi” asarida ta'kidlanişiça, Meksika va AQŞ çegarasida joylaşgan Nogales şaharçasida yuzaga kelgan ikki xil iqtisodiy iqlim aynan demokratik bölgan boşqaruv va uning aksiga boğliq.
“Bitta osmon, bir millat, bir xil geografiya va resurslar, faqat çegaraning bir tarafida odil sudlov, sifatli tibbiy xizmat va işonçli banklar faoliyat yuritadi. Ikkinçi tomonda esa jinoyatçilik avj olgan, savodxonlik darajasiga havas qilib bölmaydi”, deya qayd etgan muallif öz kitobida.
Siyosiy va ijtimoiy böhronlar köçasiga kirib qolgan mamlakatlar, avvalo, iqtisodiy qiyinçiliklarga duç kelişi tabiiy. Ammo iqtisodiy yuklama keyinçalik Iroq, Suriya, Yaman va boşqa inqiroz içida yaşayotgan mamlakatlar kabi hududlarda özga muammolarni magnitdek öziga tortaveradi. Aynan iqtisodiy muammolarga yöliqmaslik yeçimi siyosiy islohotlarni boşlaş, hokimiyatda kuçlar taqsimotini balansda uşlaşdir. Iqtisodiy boyliklarning xalq örtasida teng taqsimlanişi uçun siyosiy hokimiyat bölinişi ham teng bölişi talab etiladi.











