Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida dzyudo böyiça Gran-pri musobaqasi start oldi.
Bugun birinçi kungi bahslarda erkaklar -60, -66 kggaça vaznda, ayollar -48, -52 va -57 kggaça vaznda tatamiga çiqişmoqda.
Dastlabki kungi iştirokçilar orasida özbekistonlik sportçilardan erkaklar bahsida Komron Nurillayev va Şarofiddin Lutfillayev -60 kg, Sardor Nurillayev va Şahram Ahadovlar -66 kg vaznda qatnaşmoqda.
Özbekistonlik dzyudoçi qizlardan Diyora Keldiyorova -52 kg vaznda musobaqada qatnaşdi. U dastlabki bahsdayoq yaponiyalik Maida Çişimaga yutqazdi va musobaqadan çiqdi.
Özbekistonlik dzyudoçi yigitlardan Komron Nurillayev va Şarofiddin Lutfillayev va Şahram Ahadovlar bahslarni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan bölsa, -66 kg vaznli sportçilardan biri Sardor Nurillayev argentinalik Almog Talga yutqazib musobaqani erta tark etdi.
Turnirdagi birinçi kungi bahslar davom etmoqda.











