Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy telefon muloqoti ötkazişdi. 

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilişiça, muloqot ötkaziş taşabbusi Ukraina tomonidan bildirilgan. Peskovning ta'kidlaşiça, yetakçilar “ikki tomondan uşlab turilganlar şaxslarni” qaytariş böyiça ekspert darajasidagi işni davom ettirişga kelişib olişgan.  

“Şuningdek, normand formatida aloqalarni davom ettiriş imkoniyati muhokama qilingan”, deb qöşimça qilgan Peskov.

Ukraina prezidenti matbuot xizmatida öz navbatida suhbatning asosiy mavzusi “asirda uşlab turilgan harbiy dengizçilarni ozod qiliş” bölgani ma'lum qilingan.   

“Şuningdek, gap Rossiya hududida saqlanayotgan Ukrainaning boşqa fuqarolarini qaytariş haqida borgan”, deyilgan xabarda.

Avvalroq şu haftada Zelenskiy Putinga Minskda uçraşuv ötkazişni taklif qilgandi. U bu uçraşuvda AQŞ, Fransiya, Britaniya va Germaniya yetakçilari ham iştirok etişlari kerakligini aytgan. Peskov bu taşabbusga izoh berib, Moskvada u körib çiqilişini, biroq bunday sammitning istiqboli bor-yöqligini anglab oliş zarurligini aytgan.

Putinning özi esa Zelenskiyning taklifiga izoh berib, Rossiya Donbassdagi ixtilofni hal qilişning birorta formatidan böyin tovlamaganini eslatib ötgan hamda bunday uçraşuvga yaxşi tayyorgarlik körilişi kerakligini aytgan.