Bugun, 12 iyul kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oşirilişi töğrisidagi farmonini imzoladi. 

Unga köra, 2019 yilning 1 avgustdan boşlab budjet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori örta hisobda 1,1 (10 foiz) baravar oşirildi.

2019 yilning 1 avgustdan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida:

  • eng kam iş haqi – oyiga 223 000 söm (hozirda 202730 söm);
  • eng kam yoşga doir pensiyalar va bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 söm (hozirda 396500 söm);
  • eng kam zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 söm (hozirda 243 300 söm) miqdorida belgilandi.

Farmonga köra, 2019 yil 1 avgustdan boşlab:

  • II guruh nogironligi bölgan şaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoşga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oşiriladi;
  • II guruh nogironligi bölgan yolğiz şaxslar – pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam iş haqining 50 foizidan 75 foiziga oşiriladi;
  • boquvçisini yöqotganlik nafaqasi miqdori mehnatga layoqatsiz oila a'zolari soniga amaldagi foizlar nisbati saqlangan holda yoşga doir pensiyaning eng kam miqdoridan kelib çiqib belgilanadi.

2019 yilning 1 avgustidan I guruh nogironlik nafaqasi, şuningdek, 16 yoşdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvçilarga har oyda eng kam iş haqining 25 foizi miqdorida qöşimça tölov joriy qilinadi.

Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyul kuni ötkazilgan yiğilişda eng kam iş haqi miqdori oşirilişi ma'lum qilingandi.

«Oxirgi ikki yilda aholi, ijtimoiy va işlab çiqariş obektlarini uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta'minlaş borasida qator işlar amalga oşirildi. Uşbu yönalişdagi işlarni yanada yaxşilaş maqsadida tegişli tarmoqlarni modernizatsiya qiliş, energiya tejamkor texnologiyalarni qöllaş va xarajatlarni optimallaştiriş talab etilmoqda. Bularsiz tarmoqlarning moliyaviy ahvolini yaxşilaş va sohaga faol investitsiyalarni jalb qiliş imkonsiz.

Şu bois, mutaxassislar va xalq vakillari fikrlarini inobatga olib, aholi uçun tariflarni keskin oşirmasdan, inflatsiya darajasiga yaqin miqdorda özgartiriş böyiça takliflar işlab çiqilgan. Tarif islohotlari xalqqa yengil bölişi uçun eng kam iş haqini ham oşiriş rejalaştirilgan», deyilgandi