«Barselona» klubi sönggi 5 yil içida transferlarga 1 milliard 80 million yevro sarfladi, deb xabar beradi Transfermarkt.

Bugun kataloniyaliklar hujumçi Antuan Grizmanning 120 million yevrolik transferini rasmiylaştirdilar. 

Natijada, «Barselona» transferlarga sarflangan mablağlar miqdori böyiça «Mançester Siti»dan özib ketib, 1-öringa çiqib oldi. «Şaharliklar» ötgan 5 yil içida yangi futbolçilar xaridi uçun 996 million yevro, «Mançester Yunayted» esa 890 million yevro sarflagan edi.

«Barselona» uç futbolçining transferi uçun 100 million yevrodan ortiq xarajat qildi — Usmon Dembele (125 mln), Filippe Koutino (145 mln) va Antuan Grizmann (120 mln).

Öz navbatida kataloniyaliklar futbolçilarni sotiş orqali 627 million yevro daromad olişgan.

Sönggi 5 yilda transferlarga eng köp sarflagan klublar:
«Barselona» - futbolçi sotib oliş uçun 1 080 million yevro sarflangan (futbolçi sotişdan 627 million yevro daromad olingan)
«Mançester Siti»  - 996 (280)
«Mançester Yunayted» - 890 (275)
«Çelsi» - 875 (723)
«Yuventus» - 868 (639)
«Atletiko» - 800 (752)
«PSJ» - 773 (356)
«Real» - 755 (543)
«Liverpul» - 714 (535)
«Roma» - 586 (602)