AQŞ federal savdo komissiyasi (Federal Trade Commission, FTC) foydalanuvçilar ma'lumotlari Cambridge Analytica konsalting kompaniyasiga berilgani uçun Facebook kompaniyasiga 5 mlrd dollar jarima solinişini ma'qulladi. Bu haqda öz manbalariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.
Gap 2018 yilda Cambridge Analytica kompaniyasi ijtimoiy tarmoqning 87 mln foydalanuvçisi haqidagi ma'lumotlarni ularga xabar qilmasdan qölga kiritgani haqida bormoqda.
Facebook va FTC bu borada izoh berişdan boş tortdi.
Agarda uşbu ma'lumot tasdiqlansa, bu texnologiya kompaniyasiga solingan rekord miqdordagi jarima böladi.
Avvalroq Facebook ma'lumotlar sizib çiqqani uçun Buyuk Britaniya tomonidan 500 ming funt jarimaga tortilgandi.












