2018 yil aprel oyida Farhod Örozboyeviç Ermanov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan, 2018 yil noyabr oyida bu lavozimga tasdiqlangan edi.

Farhod Ermanov ötgan 1 yildan ortiq vaqt içida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida qanday özgarişlar sodir bölgani, tadbirkorlikni rivojlantiriş, kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça qanday çora tadbirlar amalga oşirilgani, şuningdek, aholini taşvişga solayotgan boşqa köplab muammolar böyiça Kun.Uz jurnalistlari Sardor Yusupov va Zafar Solijonov savollariga javob qaytardi.

- Muhtaram Farhod Örozboyeviç, avvalo Kun.Uz muştariylari bilan oçiq muloqot qilişga rozi bölganingiz uçun sizga minnatdorçilik bildiramiz. Xorazm viloyatida iş boşlaganingizga bir yildan oşdi. Ötgan davrda qanday işlar amalga oşirildi va oşirilmoqda, kelajakda xorazmliklarni nimalar kutmoqda, dastlab şular haqida gapirib bersangiz.

- Hozirda viloyatimizda har bir sohada islohotlar olib borilmoqda. Xorazmni rivojlantiriş uçun qişloq xöjaligi, yengil sanoat va turizmga e'tibor qaratiş eng asosiy yeçimlar sifatida qaralmoqda.

Iqtisodiyotni rivojlantiriş avvalo sanoatni rivojlantirişdan boşlanadi. Ötgan yili Pitnakdagi «General Motors» zavodining işlab çiqariş quvvati oşirildi. 2018 yili 40 ming dona avtomobil işlab çiqarilgan bölsa, bu yil körsatkiç 60 ming donaga yetdi. Viloyatimizda yiliga 250 ming tonna paxta xomaşyosi olinyapti, şundan 85 ming tonna paxta tolasini işlab çiqaryapmiz. Hozirgi kunda bu tolaning 46 foizini qayta işlayapmiz. Yanada köproq tolani özimizda qayta işlaş uçun yangi fabrikalar işga tuşirilişi rejalaştirilmoqda.

Tadbirkorlar va investorlarga yetarli şaroitlarni yaratiş viloyatdagi barça tuman va şahar hokimlarining asosiy vazifasiga aylandi. Şu yilning sentyabrida Hazorasp tumanida joylaşgan erkin iqtisodiy zonada turkiyalik investor bilan erkak va ayollar kiyimlarini işlab çiqaruvçi korxonani işga tuşiriş rejalaştirilgan.

Viloyatimizning turizm sohasidagi salohiyati ham baland. Ötgan yili çet ellik turistlar soni 130 mingdan oşiq edi, bu yil ularning soni 5-6 oy içida 100 mingdan oşdi. Ularni qabul qiluvçi mehmonxonalar soni ham ortmoqda.

- Tadbirkorlikni rivojlantiriş yölida hali ham köplab tösiqlar bor. Tahririyatimizga kelib tuşgan murojaatlarning asosiy qismi tadbirkorlarga yer ajratiş muammosi bilan boğliq. Bu muammolar böyiça izoh bersangiz.