Jahon savdo tashkiloti (JST) global savdo maydoniga rivojlanayotgan davlatlarni ham qo‘shish maqsadida «Savdo boshlovchilar uchun moddiy yordam» loyihasini amalga oshirmoqda.

Dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida savdo-sotiq rivoji BMTning barqaror taraqqiyot maqsadiga yaqinlashishda uchun kalit bo‘lishi mumkin, deya ma'lumot beradi weforum nashri.

Bu borada 3-5 iyul kunlari Jahon Savdo Tashkiloti o‘zining har 2 yilda an'anaviy bir marta tashkillashtiradigan «Global miqyosda savdo aylanmasiga erishish uchun ko‘mak» dasturini ishlab chiqdi. 

«Iqtisodiy mustaqillik va xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash» shiori ostida o‘tgan bu tadbirga rasmiy xayriya fondining 30 foizi – 40 milliard dollari yo‘naltirildi.

Aytish joizki, iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolayotgan mamlakatlar uchun ajratilgan yordam puli 2017 yil 18,8 milliardni tashkil qilib, 2005 yilgiga nisbatan 3 baravar o‘sishni qayd qilgandi. Bu yilgi yordam mablag‘i ham o‘tgan yillarga solishtirganda sezilarli darajada oshgan.

Garchi bu kabi dasturlar yordamida ma'lum natijalarga erishilayotgan bo‘lsa-da, hali dunyoning 47ta eng kam rivojlangan davlatidan 35tasi o‘zlariga berilgan bu izohdan qutilish uchun harakat qilish maqsadida endigina «ostonaga chiqqan» . Ularni taraqqiyoti past deb baholashga esa 3 narsa sabab bo‘ladi: aholi jon boshiga daromad ko‘rsatkichi, aholining mehnat unumdorligi, iqtisodiyotning bardoshlilik indeksi turlicha ekanligi.

Bugun butun dunyo savdo aylanmasining bor yo‘g‘i 1 foizi eng kam rivojlangan davlatlar iqtisodiga to‘g‘ri keladi. Bu ulushning ham deyarli yarmidan ko‘prog‘i Angola, Bangladesh, Myanma davlatlari o‘rtasida taqsimlanadi. Ular eksportining asosiy qismini juda primitiv mahsulotlar —  qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon va baliqchiliq xomashyolari tashkil qiladi.

Bu toifadagi davlatlarning iqtisodiy xilma-xilligi cheklanganligi tufayli ham ular tashqi iqtisodiy bo‘hronlarga chidamsiz, taraqqiyotga erishish yo‘li ham o‘ta uzun bo‘lib ketmoqda.

Xalqaro uyushmalar Barqaror taraqqiyot dasturi kun tartibida «2020 yilgacha rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotini yuqori darajaga ko‘tarish, shuningdek, qashshoq davlatlarning global eksportdagi ulushi hajmini 2 baravarga oshirish» ga va'da beruvchi harakatlarni boshlagan.