Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Toşkent şahrida taşqi reklamani joylaştiriş uçun yiğimlar undiriş vaqtinçalik tartibini belgilaş va 2019 yil uçun yiğim stavkalari töğrisida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi 05/1-654-son munosabat belgisiga Toşkent şahrida taşqi reklamani joylaştiriş uçun yiğimlarni undiriş tartibi va yiğimlar miqdori böyiça Toşkent şahar hokimligining taklifiga rozilik berilgan.
Toşkent şahrida taşqi reklamani joylaştiriş uçun yiğimlar miqdori tasdiqlanadi.
Taşqi reklamani joylaştiriş uçun yiğim undiriş tartibi tasdiqlangunga qadar Toşkent şahrida taşqi reklamani joylaştiriş huquqini beriş böyiça işlar (şartnomalarni tuziş, yiğimlarni undiriş, hisobini yuritiş va boşqalar)ni Toşkent şahar hokimligi ta'sisçiligidagi “Poytaxt reklama servis” DUK zimmasiga yuklatiladi.
Toşkent şahrida taşqi reklamani joylaştiriş huquqi uçun 2018 yil 1 dekabridan yiğiladigan yiğimlarning 10 foizini “Poytaxt reklama servis” DUK ixtiyoriga, 90 foizini Toşkent şahar mahalliy budjetiga yönaltirilişi belgilanadi.



















