Londonda ötayotgan Uimbldon musobaqasining finalida 37 yoşli Rojyer Federer 32 yoşli Novak Jokoviç bilan uçraşadigan böldi.
Jahonning 3-raqamli tennisçisi Federer yarimfinalda 2-raqamli tennisçi Rafael Nadalni 7:6 (7:3), 1:6, 6:3, 6:4 hisobida mağlub etdi. Tennisçilar ATP turnirlarida özaro 40-marta uçraşişdi, Federer 16-ğalabaga erişdi, Nadal hisobida esa 24 ta ğalaba bor.
Yana bir e'tiborli jihati, Federer Uimbldondagi 101-ğalabasini qölga kiritdi. Bu esa “Katta dubulğa” musobaqalari uçun rekord natija hisoblanadi.
Ikkinçi yarimfinalda Novak Jokoviç Roberto Bautistu-Agutani 4 ta setda mağlub etdi. Serbiyalik tennisçi Uimbldonning amaldagi ğolibi hisoblanadi.
Ayollar örtasidagi finalda esa amerikalik Serena Uilyams va ruminiyalik Simona Xalep uçraşadi.
133-marta ötkazilayotgan musobaqa 14 iyulda yakunlanadi. Musobaqaning mukofot jamğarmasi 49,43 mln dollarni taşkil qiladi.












