Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni Fransiya milliy bayrami munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 iyul kuni prezident Emmanuel Makronni Fransiya milliy bayrami – Bastiliya işğol etilgan kun munosabati bilan tabrikladi”, deyiladi xabarda.
1789 yil 14 iyulda Buyuk fransuz inqilobi davomida Bastiliya qal'a-qamoqxonasi şturm bilan egallangan. Oradan bir yil ötib, 1790 yil 14 iyulda qirol farmoni bilan Mars maydonida milliy bayram tantanalari ötkazilgan. Uşbu bayram tantanalarida butun Fransiyaning turli hududlaridan 100 mingga yaqin kişi qatnaşgan, tantanalar davomida harbiy parad bölib ötgan.
1880 yil 6 iyulda qabul qilingan qonunga muvofiq 14 iyul milliy bayram kuni deb e'lon qilingan.











