2019 yilning 13 iyul kuni soat 16:33da Toşkent şahar YoXB Kuç va vositalarini boşqariş va muvofiqlaştiriş markaziga Olmazor tumani M.Ğolib 3-tor köçasida 6- va 4-uy hamda Nozimaxonim 1-tor köçasidagi 2-uyda yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabar qilmoqda.
Yonğin öçiriş jangovar bölinmalari çaqirilgan manzilga soat 16:41da yetib borgan va körilgan tezkor çora va harakatlar natijasida yonğin soat 17:03da qurşab olinib, soat 17:21da bartaraf etilgan.
Yonğinda insonlarni halok böliş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmagan. Yonğin haqida keç xabar berilganligi sababli, jangovar bölinmalar çaqirilgan manzilga yetib kelganida, yonğinning maydoni kengayib ketgani ma'lum bölgan. Yonğin joyiga 6 ta yonğin öçiriş texnikasi jalb qilingan.
Yonğin oqibatida 6-uyning içki va tom qismi 150 kv.m. maydonida yonib, yonğinni tarqalişi natijasida 4-uyning tom qismi 25 kv.m. va Nozimaxonim 1-tor köçasi 2-uyning tom qismi 25 kv.m. maydonda yongan. Yonğindan 4-sonli uyning 100 kv.m. va 2-sonli uyning 100 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan.
Yonğin M.Ğolib 3-tor köçasi 6-uyda elektr simlarni qisqa tutaşuvi oqibatida sodir bölgan, deb taxmin qilinmoqda. Yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.












