12 iyul kuni soat 16:20da Toşkent şahar YoXB Kuç va vositalarni boşqariş va muvofiqlaştiriş markaziga Yaşnobod tumani “Jörabek” mahallasi Farğona yöli köçasi 13-uy oldida harakatlanib ketayotgan, “DAEWOO” rusumli “MAXSUS TRANS” avtomobilida yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgani ma'lum qilingandi.

“Maxsustrans” IÇB DUK matbuot xizmati xabariga köra, yonğin sodir bölgan avtomobil korxonaga tegişli emas. Yonib ketgan avtomobil qaysi korxonaga tegişli ekanligi haqida “Maxsustrans”da ma'lumot yöqligi aytilgan.

Öz navbatida, Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabariga köra, körsatilgan manzilga yuborilgan 1 ta yonğin öçiriş jangovar bölinmasi soat 16:22 da yetib borgan va körilgan tezkor çora va harakatlar natijasida yonğin soat 16:26 da bartaraf etilgan. 

Yonğinda insonlarni halok böliş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmagan.