Joriy yilning 8 iyul kuni Kun.uz saytida “Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi: “Çiqindi poligonlari tartibga solinmagan, mablağ esa talon-toroj qilingan” sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Bu maqolaga Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi özining yozma munosabatini bildirdi.
Maişiy çiqindi poligonlarini sanitar-epidemiologik va ekologik talablar asosida tartibga keltiriş yuzasidan amalga oşirilgan va amalga oşirilişi közda tutilgan işlar:
Bugungi kunda, Respublikada 221 ta maişiy çiqindi poligonlari mavjud bölib, ularning 135 tasi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi PQ–2916-son qarori asosida Davlat ekologiya qömitasi balansiga qabul qilingan.
Çiqindi poligonlarining atrof muhitga va inson salomatligiga salbiy ta'sirlarini oldini oliş va kamaytiriş maqsadida, 2017 yilda 97 ta va 2018 yilda 100 ta poligonda tartibga keltiriş işlari amalga oşirilib, uşbu işlarga jami 52,4 mlrd.söm budjet mablağlari yönaltirildi.
Davlat budjetidan çiqindi poligonlarini tartibga keltiriş uçun yönaltirilgan mablağlar asosida va sohada amalga oşirilgan işlar yuzasidan Qömita tomonidan olib borilgan örganişlar natijasida,
2017 yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida hamda 2018 yilda Samarqand viloyatida çiqindi poligonlarida tartibga keltiriş işlarida yöl qöyilgan bir qator kamçiliklar, jumladan, ajratilgan mablağlardan samarasiz foydalanganlik holatlari aniqlandi.
Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan Boş prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentiga ma'lumotlar kiritilib, poligonlarda olib borilgan quriliş va ta'mirlaş işlarida yöl qöyilgan kamçiliklar, yetkazilgan zararlar pudratçilar tomonidan qoplanib berilişi ta'minlandi.
Respublikada hosil bölayotgan qattiq maişiy çiqindilar hajmini kamaytiriş, ularni ikkilamçi xomaşyo sifatida işlatiş, qayta işlaş va energiya manbai sifatida foydalaniş va maişiy çiqindi poligonlarining sonini qisqartiriş maqsadida, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 apreldagi PQ–4291-sonli qarori bilan
“2019 – 2028 yillar davrida Özbekiston Respublikasida qattiq maişiy çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasi” tasdiqlandi.













