Smetana, vazelin va kokos yoği haqida unuting.

Tibbiyotga asoslangan holda quyoş kuydirişida samarali yordam körsatiş atigi 4ta punktdan iborat:
1. Sovitiş;
2. Namlantiriş;
3. Oğriqni kamaytiriş va yalliğlanişni bartarf etiş (zarur holda);
4. Tuzalişini kutiş.

Uşbu maslahatlar oddiy va tuşuniş oson. Bundan taşqari esa, ultrabinafşa nurlardan aziyat çekkan teriga tezroq yordam beriş uçun ba'zida mos bölmagan vositalardan foydalaniş holatlari ham uçrab turadi. Buvilardan qolgan odatlar foydadan köra zararga xizmat qilişi mumkin.

Dermatologlarning sinalgan tavsiyalari va quyoş kuyganda man etilgan harakatlar haqida ma'lumot berişga harakat qilamiz.

1. Terini soviting

Birinçi qadam — iloji boriça tezroq töğridan-töğri tuşuvçi quyoş nurlaridan panaga öting. Soyaga ötiş ham qoniqtiradi, lekin eng yaxşisi sovutilgan xona. 

Ikkinçisi — qizib turgan terini tinçlantiruvçi kompresslardan foydalaniş. Buning uçun muzdek suvda (çuçuk suv bölsin, dengiz suvi emas!) namlangan soçiqni zararlangan teriga 5-10 daqiqaga qöyiş kerak. Zarurat tuğilsa, takrorlang. Sovuq duş yoki vanna qabul qiliş ham mumkin.

Nima taqiqlangan?
Kompress uçun möljallangan suvga yoki vannaga boşqa narsalar qöşmang. Tuz (hatto, yorliğida «tinçlantiruvçi» deb yozilgan bölsa ham), etanol, siydik, uksus kabilar şikastlanmagan teri hududiga ham zarar yetkazadi va şiş yoki behalovatlikka sabab böladi.

2. Terini namlantiring

Bu ham ikki qadam bilan amalga oşadi. Avvalo, ustki qismni namlantiring. Buning uçun vannadan çiqişda yoki kompressni yeçgandan keyin tanani yumşoq quruq soçiq bilan arting, lekin yengil namlikni saqlab qoling. Söngra namlantiruvçi vositalar bilan terini parvariş qiling. Mayo Clinic tadqiqot markazi mutaxassislari tarkibida aynan kamfor va mentol mavjud bölgan kremlardan foydalanişni tavsiya etişadi, ular namlantiriş jarayonida sovutiş natijasini ham beradi.

Ikkinçi qadamda içki organizmni suvga ehtiyojini bosiş kerak. Kuyişdan söng köproq suv içing.