11:00 / 17.07.2019
23781
Reklama

Bellezzio mebellar fabrikasi: mustahkam sifat, nozik dizayn va xilma-xil ranglar

Yangi uy-joy, to‘y uchun yoki yashab turgan xonadoningizga sifatli mebellar qidiryapsizmi? Bunday paytda ishonchsiz mahsulotdan ehtiyot bo‘lgan ma'qul. Axir, sifatsiz mahsulot xarid qilib qo‘yish, oxir-oqibatda tez-tez yangi mebel sotib olaverish kimga yoqadi deysiz.

Bizningcha, turli mebel va jihozlarni xarid qilishda sifatli mahsulotlari bilan sinovdan o‘tgan brend firma mahsulotlariga murojaat qilgan ma'qul.
«Bellezzio» -  ko‘p yillar davomida mijozlarning mustahkam ishonchiga kirib ulgurgan hamda mahsulotlari eng sifatli chet-el xomashyolaridan tayyorlanuvchi mebellar fabrikasi hisoblanadi.

Xo‘sh, «Bellezzio»  qaysi jihatlari bilan boshqa ishlab chiqaruvchilardan farq qiladi? Javob bitta: fabrikaning ishlash tizimidagi asosiy tamoyillar bilan!
Unga ko‘ra, «Bellezzio»  fabrikasi mahsulotlari bosqichma-bosqich va qattiq sifat nazorati ostida ishlab chiqarilishi, bunda yuqori sifatli chet el xomashyolaridan foydalanilishi, shuningdek, narx-navoning qulayligi bilan alohida ajralib turadi. 

Hozirda fabrika tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat O‘zbekiston xalqiga, balki turli davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

«Bellezzio» mebellar fabrikasida nafis did bilan yasalgan mebellar xonadoningizga o‘zgacha go‘zallik va ulug‘vorlik baxsh etib, tashrif buyurgan mehmonlaringizni ham tezda o‘ziga rom qiladi.

Ushbu mebellar o‘zining sifati, nozik dizayni, mijozning xohishiga qarab turli modelda va ranglarda ishlanishi, qolaversa narxlarning anchayin hamyonbopligi bilan ko‘pchilikka ma'qul kelmoqda. Shu boisdan, bugun fabrikaning rasmiy shourumida xaridorlar gavjum.

Shuningdek, Siz, «Bellezzio»  fabrikasida klassik uslubdagi yotoqxona garniturlari, mehmonxona to‘plamlari, yumshoq mebellar, stol stullar va xonadoningiz ko‘rkiga aylanishi mumkin bo‘lgan boshqa ko‘plab turdagi mahsulotlarni topishingiz mumkin.

Fabrikada mijozlarga yotoqxona va mehmonxona to‘plamlarini  o‘zlari istagan dizaynda buyurtma berish imkoniyati taqdim etiladi. Shu sababdan, «Bellezzio» fabrikasida ishlab chiqarilayotgan turli rang, shakl va to‘plamdagi sifatli hamda nafis mebellarni kelinlarimizning haqiqiy orzusi deyish mumkin!

Mahsulotlar uchun to‘lovlar naqd va pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Hurmatli xaridorlar! Keling, ko‘ring va o‘zingiz tanlang. 

Hoziroq qo‘ng‘iroq qiling: +998712000710

Instagram: instagram.com/bellezzio
Feysbuk: facebook.com/bellezzio
Telegram: t.me/bellezzio

«Bellezzio» mebellar fabrikasiga soat 10:00dan – 18:30 ga qadar tashrif buyurishingiz va mahsulotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent Xalqa Avtomobil Yo‘li, Yangi ToshMI, Beltepa

Reklama huquqi asosida

Top