Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mebel ishlab chiqarish uchun ayrim xomashyolar olib kirishda boj nol stavkasi qo‘llanadi
Prezidentning “Mebel mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2023 yil 1 fevraldan 2024 yil 1 yanvarga qadar tayyor mebel mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik sub’yektlariga xorijdagi ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlarining bir qismini Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berishda mazkur noturar joylar maydoniga qo‘yilgan me’yor ko‘rsatkichi 100 kvadrat metrdan 250 kvadrat metrga oshiriladi.
Yillik tushumida tayyor mebel mahsulotlari eksportidan tushum ulushi kamida 30 foizni tashkil qiladigan mahalliy korxonalar tomonidan injyener-texnolog, lak va bo‘yoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi, biroq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 9 barobaridan ko‘p bo‘lmagan qismi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
Mebel ishlab chiqarishda foydalaniladigan ayrim xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlar importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanadi.
Prezidentning 2021 yil 21 iyundagi PQ-5155-son qaroriga 2-ilovada nazarda tutilgan xomashyo, ehtiyot qismlar, furnitura va aksessuarlarni O‘zbekiston hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkalari qo‘llanishi 2024 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

Mavzuga oid
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
08:28 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 15 turdagi mahsulot uchun xomashyoga import bojlari bekor qilinadi
12:00 / 24.03.2026